O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat tahlili: 2024 yil avgust
·
Avgust oyida avtotransport vositalarining savdosi oshdi, ammo yillik
faollik pasayishda davom etmoqda. Yengil avtomobillar segmenti 11%ga o‘sib,
fevral oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi, ammo yillik pasayish davom
etmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni muntazam tahlil qilib boradi. Avgust
oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada avtotransport vositalarining umumiy savdosi
9%ga o‘sib, 111 ming donadan oshdi. Yillik faollik 25%ga kamaydi.
Yengil
avtomobillar segmentidagi vaziyat
Avgust oyida yengil
avtomobillar savdosi 11%ga oshib, 102 ming donani tashkil etdi, bu joriy
yilning fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Biroq, o‘tgan yilga
nisbatan yengil avtomobillar savdosi 24,6%ga qisqarishda davom etdi. Shunday
qilib, oylik o‘sishga qaramay, yillik dinamika zaifligicha qolmoqda.
Yengil avtomobillarni
sotishning hududiy tendensiyalari avgust oyida eng yuqori o‘sish Surxondaryo,
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida mos ravishda 54%, 25,4%va 24,8%ga qayd
etilganini ko‘rsatmoqda.
Birlamchi
avtomobil bozoridagi vaziyat
Birlamchi yengil
avtomobil bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 22,4%ga oshdi, bu avvalgi oyga
nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘pdir. Yillik hisobda faoliyat barqarorlashmoqda,
iyul oyida sotuvlarning pasayishi 12% darajasida bo‘lgan bo‘lsa, avgust oyida u
atigi 1%ni tashkil etdi.
Mahalliy ishlab
chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotuv sur’atlarini oshirish tendensiyasi
davom etdi. Xususan, bunday avtomobillar savdosi 22%ga o‘sish bilan 34 mingtani
tashkil etdi. Yillik hisobda 5% faollik o‘sishi kuzatilmoqda.
Xorijiy yengil
avtomobillari segmenti o‘sib bormoqda
O‘zbekiston
bozorida xorijiy yengil avtomobillar bozori o‘sishda davom
etdi. Iyul oyida ushbu segmentdagi sotuvlar 9,6%ga o‘sgan bo‘lsa, avgust oyida
o‘sish 25,6%dan oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 680 tadan ortiq xorijiy
avtomobilga ko‘pdir.
Shunga qaramay,
faollikning bunday o‘sishi yillik sotuvlarning pasayishini qoplamaydi, bu
taxminan 38%ni tashkil etdi.
Yengil
avtomobillarning ikkilamchi bozori
Yengil
avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotish hajmining yillik
pasayishi tendensiyasini saqlab, sotish dinamikasining doimiy o‘sishi bilan
tavsiflanadi.
Xususan, avgust oyida
yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 5%ga
oshdi. Hisobot davrida ushbu segmentda 64,6 ming dona avtomobil sotilgan.
Umuman olganda, sotuvlar yil davomida 33,7%ga kamaydi.
Elektromobillar bozoridagi vaziyat
Yengil elektromobillar
segmenti sotuvlarning pasayishini ko‘rsatadi. Sotuvlar hajmi 1,7 ming donani
tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam.
Hududlar bo‘yicha 5 ta
hududda sotuvlar kamayganligi qayd etildi. Shu bilan birga, umumiy pasayishning
90%dan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, bu yerda sotuvlar 66%ga kamaydi.
Yangi
elektromobillarning birlamchi bozorida sotuvlar bir oy davomida 53%ga kamaydi,
ikkilamchi bozorda esa pasayish 37%ni tashkil etdi. Yillik hisobda
foydalanilgan elektromobillar savdosi 20%ga oshdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan
aloqalar bo‘limi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
19 09 2024 / 14:29