TSAda eksport hajmi 4,6 mlrd. dollarni (2024 yilning fevral oyiga nisbatan 27,7%ga o‘sgan) va import hajmi 6,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Hisobot davrida -1,6 mlrd. dollar qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasida 3 ta mamlakat –– Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan faoll tashqi savdo balansi kuzatilmoqda, qolgan 17 ta davlat bilan tashqi savdo balansining salbiy saldosi saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi jahonning 162 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (19,2%), Rossiyada (14,9%), Qozog‘istonda (6,1%), Turkiyada (3,9%) va Afg‘onistonda (2,5%) qayd etilgan.
Davlatlar guruhi bo‘yicha tashqi savdoning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga - 3,4 mlrd dollar, YeOII mamlakatlariga - 2,6 mlrd dollar, boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash - 7,5 mlrd dollarni va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan - 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
25 03 2025 / 12:02