Daydjest
(Yevropa, Rossiya, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tahliliy materiallari bo‘yicha)
1. Hosilning 80 foizini yo‘qotilish xavfi bor. Rossiya bahorgi sovuq ayozlar tufayli mevasiz qoladimi?
Rossiyada bahorgi (aprel-maydagi) ketma-ket sovuqlar olxo‘ri, o‘rik, shaftoli va gilos yetishmovchiligiga olib kelishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha favqulodda choralar ko‘rishga va’da bermoqda. Mamlakat qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan ziyon oqibatlari juda katta. Shu tufayli, tahlilchilar Rossiya o‘tgan yili meva va rezavolarni import qilish uchun sarflagan qari’b 650 million dollarlik xarajat joriy yilda bozor talabini qondirishga yetmasligini ta’kidlashmoqda.
Mevalar narxi oshmoqda
Aynan mana shu mevalar bir xabarda ketma-ketlikda keltirilgani bejiz emas. Ularning barchasi bir xil 0809 bojxona toifasiga to‘g‘ri keladi, bu yerda gilosga - olcha, shaftoliga – nektarin, olxo‘riga – tyorn qo‘shiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu toifa mevalar Rossiyada may oyidagi sovuq paytida eng ko‘p zarar ko‘rgan.
2018-2024 yillar avgust oylaridagi danakli mevalar ulgurji narxlar dinamikasi
(ming rubl/tonna)
Xususan, 2024 yilda danakli mevalar 1 tonnasi o‘rtacha ulgurji narxi - 869 dollar (69,9 ming rubl)ni tashkil etgan.
Asosiy muammo shundaki, gilos importi o‘tgan yili sovuq bo‘lmasa ham dollarda qimmatlashgan. Shunday qilib, Rossiyaga gilos yetkazib berishning 55 foizini tashkil qiluvchi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtacha narxlarni mos ravishda 28 foizga va 44 foizga (2,2-2,5 dollar/kg gacha) ko‘tardi. Hech bo‘lmaganda, o‘tgan yili Ozarbayjondan yetkazib berish hisobiga bozor qandaydir muvozanatga ega bo‘ldi va bozor 20 foizga arzonlashdi. Biroq, ayni paytda u yerdan gilos miqdori 10 ming tonnaga kamaydi. Umuman olganda, Rossiyada gilos import 2023 yildagi 98 ming tonnaga nisbatan 2024 yilda 76 ming tonnagacha kamaydi, bu, albatta, defitsitga va natijada narxlarning oshishiga olib keldi.
Lekin shaftoli va nektarinlar bo‘yicha holat 2024 yili juda yaxshi edi. Rossiyaga ushbu mahsulotlarni importi hajmi 14 foizga (350 ming tonnagacha) oshdi va narxi ham o‘rtacha atigi 5 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda "do‘stona" mamlakatlarga nisbatan oziq-ovqat embargosi kiritilganda, rus fermerlari shampan vinosini ochishgan. Bu chora, birinchi navbatda, xorijdagi raqobatchilar dempingidan (narxni sun’iy pasaytirishi) qutulib, nihoyat o‘z bog‘larini kengaytirish uchun jiddiy mablag‘ (imtiyozli foiz stavkalari va davlat ko‘magida bo‘lsa ham) investitsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash sifatida taqdim etildi. Biroq o‘tgan 10 yil davomida importga qaramlikdan qutulishning iloji bo‘lmadi. Polshani o‘rnini Markaziy Osiyo, Gollandiya va Belgiyani esa Kavkaz egalladi. Rossiya mevalari esa qimmatlashda davom etdi.
2021 yilda rus bog‘bonlari — o‘rim-yig‘im mavsumida barcha importlarni blokirovka qilish yangi tashabbus bilan chiqdi. Sabab: qo‘shni davlatlardagi past narxlar Rossiyalik mahalliy ishlab chiqaruvchilar narxlarini pasayishiga olib keladi. Hukumat o‘z mahalliy bog‘bonlari gapiga quloq tutganda, mahalliy gilosning narxi qanday balandlikka ko‘tarilishi aniq ma’lum emas edi.
2023 yilda Peterburgdagi halqaro forumda "dunyoga mashhur" Melitopol gilosining bo‘lajak yetkazib berilishi tantanali ravishda e’lon qilindi. Uni rus dukonlari peshtaxtalariga to‘siqsiz yetkazib berish uchun Qrim va Zaporoj’e viloyati hokimiyatlari o‘rtasida maxsus kelishuv tuzildi — gilos ortilgan karvonlarni hududlar o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida soatlab navbatlardan qutqarish kerak edi. Afsuski, bu yetkazib berish 2023 yilda ham, 2024 yilda ham meva bozoriga unchalik ta’sir ko‘rsatmadi. Rossiya ozarbayjon va turk gilosini iste’mol qilishni hamon davom ettirmoqda. Bunga nima to‘sqinlik qilgani haqida xabar berilmagan. Bu yil esa sovuqlar bor.
Hosilning 80 foizi yo‘qoladimi?
Qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari meva narxining oshishini kutish mumkinmi yoki yo‘qligi haqida, shuningdek, ob-havo sharoiti tufayli hosilining qancha qismini yo‘qotilganligi to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qildi.
Rossiya bog‘bonlari assotsiatsiyasi prezidenti Igor Muxaninning aytishicha, janubiy hududlarda mevalarning 80 foizini yo‘qotilish xavfi bor. Unga ko‘ra, gilos, shaftoli va olxo‘ri ayrim navlari xavf ostida.
- Qrimda danakli mevalar ham yo‘qotildi. Ayoz va qor bor edi. Olma bilan hamma narsa yaxshi, asosiy hosil ozmi-ko‘pmi bor.
Shu bilan birga, Rossiya iqlimiy va geografik sabablarga ko‘ra, gilosdan tashqari, o‘zini hech qachon danakli mevalar bilan ta’minlamagan. Mutaxassislarning fikricha, sovet davrida ham meva mahsulotlari Markaziy Osiyo davlatlaridan olib kelingan. Endilikda hosilning qisqarishi tahdidi fonida Rossiya eng yirik yetkazib beruvchilardan meva sotib olishni davom ettiradi, deydi ekspert.
- Turkiyada ham takroriy sovuqlar bo‘lgan, ular limonga zarar yetkazgan. Ozarbayjonga kelsak, u yerda bahorgi tabiiy ofatlar bo‘lmagan. O‘zbekiston butunlay bog‘lar bilan qoplangan, so‘nggi besh yilda esa ularning soni 5 barobar oshdi!!! O‘zbekiston mevalari 2024 yili Rossiya bozorida juda kuchli namoyish etildi.
Fermerlar nima deyishmoqda?
Krasnodar viloyati «Kubanskoye sadovoye xozyaistvo» MCHJ bosh direktori Anton Faginning aytishicha, uning olxo‘ri bog‘larining 30 foizi sovuqdan zarar ko‘rgan.
Ayni paytda, urug‘li mevalar bo‘yicha holat o‘rtacha. Vaziyat oy oxiriga borib ma’lum bo‘ladi. Masalan, Tula o‘simlik pitomnikida "Yasnogorya bog‘lari" nokning 10 foizi muzlab qoldi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,
2024 yilda O‘zbekiston 1,5 mlrd AQSH dollari miqdorida 2 mln tonna meva-sabzavot mahsuloti eksport qildi.
Asosiy eksport yo‘nalishlari MDH davlatlari, shuningdek, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari edi.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotini import qiluvchi davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda, unga 632,9 mln dollarlik 815,1 ming tonna mahsulot jo‘natilgan. Bu Rossiya bozorining o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy meva-sabzavot bozor maqomini tasdiqlaydi.
Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, u jami
189,8 mln dollarga 520,5 ming tonna meva-sabzavot sotib oldi. Geografik yaqinligi va mahsulotlariga yuqori talabni hisobga olgan holda, bu an’anaviy ravishda O‘zbekiston eksporti uchun muhim yo‘nalish bo‘lib kelgan.
Qirg‘iziston eng yirik hamkorlar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatga 57,9 mln dollarlik 151,7 ming tonna mahsulot eksport qilindi.
O‘zbekiston meva-sabzavotlarining salmoqli hajmi – 144,6 ming tonna Xitoyga jo‘natilib, 128,6 mln dollar daromad keltirdi. Bu Xitoy bozorining O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Pokiston yana bir yirik importyor bo‘lib, 192,3 mln dollarga 124,7 ming tonna sotib oldi.
Afg‘onistonga 124,4 mln dollarlik 67,6 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi. Turkiya esa 48,3 mln dollarga 28,2 ming tonna,
Iroq 13,4 mln dollarga 32,9 ming tonna, meva-sabzavot mahsuloti import qildi.
Belarus yana bir muhim eksport yo‘nalishi bo‘ldi, ushbu davlatga qiymati 20,3 mln dollarlik 22,6 ming tonna mahsulot eksport qilindi. Shuningdek, boshqa mamlakatlarga 128,5 ming tonna meva-sabzavot mahsuloti jo‘natilib, 141,7 mln dollar daromad keltirildi.
2. Serbiya O‘zbekistondan gilos va o‘rik import qilmoqchi
EastFruit tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mevalarni muzlatish bo‘yicha katta quvvatlar jamlangan Serbiyada danakli meva hosilining katta yo‘qotilishi tufayli mamlakat qayta ishlovchilari muqobil xom ashyo manbalarini faol ravishda izlamoqda.
Xususan, mahalliy sanoat ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, 2025 yil 19 may kuni o‘zbek gilos va o‘riklarini import qilishdan manfaatdor bo‘lgan Serbiya kompaniyalari delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yetib keldi. Serbiyalik tadbirkorlar O‘zbekistondagi yirik eksportyorlar va qayta ishlovchilar bilan uchrashib, shok usulida muzlatilgan mevali mevalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, chunki sifatli yangi mahsulotni muzlatilmagan holda Serbiyaga yetkazib berish juda qiyin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda jahonda ob-havo o‘zgarishi (sovuq urishi) tufayli o‘rik mevasi hosilidagi yo‘qotishlar misli ko‘rilmagan darajada kuzatildi. Dunyodagi eng yirik o‘rik qayta ishlovchi va eng yirik yangi uzilgan o‘rik eksportchilaridan biri bo‘lgan Turkiyada deyarli hosil olinmagan. Moldova, Ukraina, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Bolgariya va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham yo‘qotishlar katta bo‘ldi. Hozirgi vaqtda gilos va boshqa danakli mevali ekinlar, masalan, olxo‘ri ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat juda qiyin. Bu mevalarning barchasi Serbiya jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan muzlatilgan oziq-ovqat sanoati uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq, Serbiyaning sovuqdan ko‘rgan eng katta zarbasi birinchi raqamli hosil — malinaning katta yo‘qotilishi bo‘ldi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2025 yilda danakli mevalar hosili yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Xuddi shu o‘riklarning narxi hozirda pasayish tendensiyasiga ega va uzoq muddatli o‘rtacha qiymatdan past.
Shu bois O‘zbekiston va Tojikiston uchun joriy mavsum Yevropa Ittifoqi va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga katta hajmdagi danakli mevalar yetkazib berish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Shuningdek, Turkiyaga quritilgan mevalar eksport qilish bo‘yicha ham katta bozor ochilmoqda.
Ma’lumot uchun: Serbiyaning asosiy bozorlari — Gollandiya, Germaniya, Rossiya, Polsha va Buyuk Britaniya — Yevropa Ittifoqi (YEI)qo‘shnilari va mintaqaviy sheriklarining aralashmasi. Gollandiya va Germaniyaning mavjudligi YEI ta’minot zanjirlariga integratsiyani ko‘rsatadi. Serbiyaning yangi rezavorlari ko‘pincha Rotterdamdagi distribyutorlarga sotiladi va keyin butun Yevropaga va undan tashqariga jo‘natiladi. Rossiya, shuningdek, tarixan Serbiya rezavorlari uchun muhim bozor bo‘lib, siyosiy aloqalar va Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlat sifatidagi maqomidan YEI sanksiyalariga qaramay Rossiya bilan savdo qilish uchun foydalangan.
3. AQSH va Xitoy o‘zaro yarashmoqda — bu Yevropa uchun nimani anglatadi?
Xitoy bilan savdo urushidagi pauza va Britaniya bilan kelishuv Donald Trampdan imtiyozlar olish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Yevropa Ittifoqi bundan foydalana oladimi?
AQSH va Xitoy o‘zlarining savdo urushida "tarif pauzasini" oldilar. Dunyoning ikki yirik iqtisodi bir-birini nogiron qilib qo‘ymaslikka va muzokaralarga qaytishga qaror qildi. Bundan ko‘p o‘tmay, AQSH Buyuk Britaniya bilan to‘laqonli shartnoma tuzdi — London uchun eng qulay shartlarda emas, balki eng yomon shartlarda ham emas.
Aprel oyida Vashington bilan «tarif pauzasi» to‘g‘risida kelishib olgan Yevropa Ittifoqi uchun bu o‘zgarishlar bir narsani anglatadi: Bryussel muzokaralarda qattiqroq pozitsiyani egallashga qodir. O‘zining baland ovozdagi bayonotlariga qaramay, Donald Tramp tarif siyosati bo‘yicha rejalarini amalga oshirishga tayyor emasga o‘xshaydi.
Nima uchun AQSH Xitoy bilan savdo urushida pauza qilmoqda
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidagi 90 kunlik "tarif pauzasi" birinchi navbatda Amerika iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Kiyel Jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSHda inflyatsiya bosimi pasayadi. Qisqa muddatda narxlar taxminan 4,3 foizga oshadi — taqiqlovchi tariflarni saqlash ssenariysidan 1,2 foiz punktga past. Bungacha AQSH Xitoy importiga tariflarni bir necha bosqichda 145 foizga, Xitoy esa tariflarni
125 foizga oshirgan. Bunday tariflar savdoni to‘xtatishni anglatadi.
IfW savdo siyosati guruhi tadqiqotchisi Xendrik Mahlkow: "Kelgusi haftalarda portlarga yuklarning katta oqimini kutmoqdamiz — yuqori tariflar va noaniqlik tufayli yetkazib berish uzoq vaqtga kechiktirildi". “Biroq, tariflar Donald Tramp prezidentligidan oldingi darajadan sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda (yani, AQSHning 10 foizlik tariflari «tarif pauzasi» vaqtida amal qiladi – Tahr.), 90 kunlik pauza tugagach nima bo‘lishi hozircha aniq emas”.
IfW ekspertlari ham AQSHdagi iqtisodiy pasayish unchalik sezilarli bo‘lmasligini kutishmoqda. Agar ilgari Amerika iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar yalpi ichki mahsulotning 1,6 foizini tashkil etishi kutilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkichni 1,3 foizga pasayishi kutilmoqda.
4. Dunyodagi eng yirik temir yo‘l loyihalaridan biri nihoyasiga yetmoqda. Bu ta’minot zanjirida inqilob qilish uchun Xitoyni - Eron va Turkiya orqali Yevropaga bog‘laydigan taxminan 12 000 km uzunlikdagi marshrut.
2025 yil boshidan Xitoy va Eron o‘rtasida olib o‘tilgan yuklar hajmi 2,6 barobarga oshdi.
Olti davlat – Qozog‘iston, Xitoy, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya Tehronda Yevroosiyo transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazdi. Asosiy maqsad – Markaziy Xitoydan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropaga o‘tadigan jahon darajasidagi yuk koridorini yaratish. Bu yo‘nalish Suvaysh kanali va o‘ta oldindan aytib bo‘lmaydigan dengiz yo‘llarini chetlab o‘tib, yuklarni yetkazib berish muddatini 30-45 kundan 18-25 kungacha qisqartiradi.
Xitoy va Eron yangi yo‘nalish bo‘yicha yuk poyezdlarini yo‘lga qo‘yishdi, Erondan Xitoyga birinchi yuk poyezdi 2024 yil iyul oyida jo‘naydi. Yo‘nalish Qozog‘iston va Turkmaniston orqali o‘tib, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi. Bu marshrutning narxi 8 mlrd dollardan oshadi.
5. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida»gi qonunga oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq hujjatlarni muhokama qilish muddatlariga taalluqli o‘zgartishlar loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zgartirishda qonunni tartibga soluvchi ta’sir tahlili (TST)ni majburiy o‘tkazishga oid moddaga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Shunday qilib, fors-major holatlarda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda; narxlar barqarorligiga erishish va saqlashga, pul-kredit siyosatini amalga oshirishga, bank va to‘lov tizimlarining samaradorligi, xavfsizligi va ishonchliligini, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lgan vaqtinchalik normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qonunni tartibga soluvchi ta’sir tahlilini majburiy tartibda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Qozog‘iston kartoshka narxining oshishini qanday cheklaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligining javobi
2025 yilda ichki bozordagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uyushgan fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilgan
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparov hukumatdagi brifingda ma’lum qildi.
O‘ylaymanki, biz mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, chunki mahsulotimiz chindan ham sifatli. Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlat tomonidan to‘liq moliyalashtirilayotgan paytda. Fermerlar yangi texnologiyalarga amal qilib, sifatli mahsulot olishga kirishdi, dedi vazir.
Shuningdek, u o‘tgan yili kartoshka narxining keskin oshishi bilan bog‘liq vaziyatga ham izoh berdi.
O‘tgan yili Qozog‘istonda 2,6 million tonna kartoshka yig‘ib olindi. Ichki talab 2 million tonnani tashkil etdi. Biroq, O‘zbekistondan kartoshkaga talab 450 ming tonnaga yaqin talab bo‘lgani uchun hosilning salmoqli qismi eksport qilindi. Umuman olganda, so‘nggi 10 yil ichida 600 ming tonnaga yaqin mahsulot eksport qildik.
Vazirga ko‘ra, joriy yilda tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarida kartoshka yetishtirish hajmi ko‘paytirilib, narxlar barqarorlashishiga xizmat qiladi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
21 05 2025 / 11:28