O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq,
2025 yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli
ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular:
a) kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushini 55 foizga, sanoatda - 34 foizga, eksportda - 34 foizga va aholi
bandligini ta’minlashda 75 - foizga yetkazish;
b) kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining
yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni "chempion" tadbirkorlarga
aylantirish;
v) ichimlik va oqova suv, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik,
utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes
ulushini kamida 2 baravarga oshirish;
g) 100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’ektlari
sonini 4 mingga yetkazish;
d) Sanoatni jadal rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini
tashkil etish hisobiga kamida 100 ta kichik va o‘rta biznes sub’ektlarida brend
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
e) kichik biznes sub’ektlari
ishtirokida kamida 200 ta startap loyihalarni amalga oshirish;
j) uzoq muddatli ijaraga berilgan 30
ming gektar ekin yer maydonida yuqori daromadli ekinlarni yetishtirish, 16 ta
ixtisoslashgan agrokompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda 9 ta zamonaviy
agrosanoat xo‘jaligini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
2025
yil 1 maydan boshlab "o‘zini o‘zi band qilgan shaxe - yakka tartibdagi
tadbirkor - kichik biznes-o‘rta biznes-yirik korxona" zanjiri asosida
tadbirkorlik sub’ektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish bo‘yicha:
a) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;
b) o‘z faoliyatini tegishincha yakka
tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha
yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlariga
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha,
Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida - 150
million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;
v) o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta
yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik sub’ektlariga - bir
yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish)
yetti kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mexanizmi joriy
qilinadi.
2025
yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 120 trillion so‘m, shu
jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 22 trillion so‘m miqdoridagi kredit
mablag‘lari ajratiladi.
Farmonga muvofiq:
a) Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturi doirasida yangidan tashkil etilgan va hisob raqamida
yetarli mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes
sub’ektlariga ularning garov ta’minotidan kelib chiqib kredit ajratishga ruxsat
beriladi;
b) 2025 yil 1 iyulga qadar yuridik
shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlari soddalashtiriladi va
ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlari joriy qilinadi;
v) Kichik biznesni uzluksiz
kqo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona
reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta
biznes sub’ektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga
qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini
tashkil qilgan sub’ektlarga 100 million so‘mgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14
foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti
yo‘lga qo‘yiladi;
g) Ijtimoiy himoya milliy agentligi
tijorat banklari bilan birgalikda ushbu bandning “v" kichik bandida
keltirilgan talablar bajarilishini doimiy monitoring qilib, belgilangan
mezonlarga amal qilmagan qarz oluvchilar bo‘yicha kredit foiz stavkasi bozor
stavkalariga o‘tkaziladi.
Tez
va yuqori sur’atlarda o‘sayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini “chempion"
tadbirkorlarga aylantirish dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida "chempion"
tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar ro‘yxati shakllantirilib, unga
quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik sub’ektlari kiritiladi:
a) tuman (shahar) darajasida-har bir
tuman (shahar)da kamida 2tadan yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan yuqori
bo‘lgan va 50 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrida - har bir hududda kamida 5 tadan yillik
aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 500 tadan ortiq ish o‘rni
yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari;
v) respublika darajasida - yillik
aylanmasi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan va 5 mingdan ortiq ish o‘rnini
yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari.
Farmon bilan:
a) 2026 yil 1 yanvardan boshlab
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat
(ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati;
b) 2026 yil 1 yanvardan kuchga
kiradigan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxati va
"Hunarmand" uyushmasiga a’zo bo‘lish mezonlari tasdiqlandi.
2025
yil 1 iyuldan boshlab 2028 yil 1
yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes sub’ektlari zimmasiga yangi majburiyatlar
yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga
moratoriy e’lon qilinadi. Shuningdek, 2028 yil 1 yanvarga qadar "Birinchi
imkoniyat" tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat
yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlikni ilk
bor sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2025 yil 1
sentyabrdan boshlab quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi
kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining faoliyatini ixtiyoriy ravishda
tugatishda soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi:
a) oxirgi uch yilda tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan
oshmagan;
b) byudjet va kreditorlar oldida
qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hkamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini
taqdim etayotgan;
v) "Xavfni tahlil qilish"
elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.
O‘zA
saytidan olingan.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
28 05 2025 / 12:12