Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri
Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi
muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2023 yil iyun oyida Rim shahrida o‘tgan
oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar izchil amalga
oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi, shu
jumladan yetkazib berilayotgan mahsulotlar turining kengaygani hisobiga qariyb
3 barobar oshdi. Savdo sohasida biznesga texnik ko‘mak dasturlarini
kengaytirishga kelishib olindi. Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun
o‘zbekistonlik eksportchilarni o‘qitish, Toshkentda qo‘shma Sertifikatlash
markazini tashkil etish, Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi bitimni qabul
qilishni tezlashtirish shular jumlasidan.
Davlatimiz rahbari Italiyaning yetakchi kompaniyalari
bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirishni taklif qildi. Xususiy
tadbirkorlikning innovatsion loyihalari, o‘ta muhim minerallar va qishloq
xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, avtomobilsozlik uchun butlovchi
qismlar, elektrotexnika, energetika, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish
sanoatida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik,
charm, mebelsozlik va boshqa tarmoqlar uchun dizayn markazlarini tashkil etish
ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
O‘zLiDeP Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlaridan
biri bo‘lgan – Italiya bilan yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlikni
qo‘llab-quvvatlaydi. Bu hamkorlik mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash, tadbirkorlarimiz uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish
imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
@a_xaitov
rasmiy kanalidan olindi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
30 05 2025 / 11:39