Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, bandlikni
ta'minlash, ichki bozorni rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni
mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasida ushbu sohani
qo'llab-quvvatlash bo'yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Soliq
imtiyozlari, kreditlar, subsidiyalar va yuridik himoya vositalari tadbirkorlik
subyektlarining soni va faoliyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tadqiqotda
2020–2024 yillar oralig'ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy
ko'rsatkichlari statistik tahlil qilinadi. Ularning iqtisodiy o'sishdagi
ulushi, bandlikni ta'minlashdagi o'rni va sektorlar bo'yicha dinamikasi
o'rganiladi. Tadqiqot natijalari asosida kichik biznesni yanada
rivojlantirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqiladi.
Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik hozirgi davrda har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligi,
bandlik darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatini ta'minlashda muhim
omillardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Bu sohaning rivoji iqtisodiy
tizimda bozor tamoyillarini mustahkamlash, raqobat muhitini shakllantirish va
ichki ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Kichik biznes – bu kichik miqyosdagi kapital bilan tashkil etilgan, cheklangan
sonli xodimga ega bo„lgan, mahalliy resurslarga tayanadigan va moslashuvchan
ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish faoliyatini yurituvchi subyektlar
yig'indisidir. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ham kichik
tadbirkorlik mezonlari belgilangan bo'lib, bu mezonlar tarmoq xususiyatlariga
ko'ra xodimlar soni, yillik aylanmasi yoki ustav fondi bilan belgilanadi.
Xususiy tadbirkorlik
esa, asosan jismoniy shaxslar yoki oila a‟zolari tomonidan tashkil etiladigan va
moliyaviy, tashkiliy jihatdan mustaqil bo'lgan iqtisodiy faoliyat shaklidir. Bu
faoliyat ko'p hollarda savdo, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi va kichik
ishlab chiqarish yo'nalishlarida olib boriladi. Xususiy tadbirkorlikning
ustunligi – bu soddalik, tez moslashuvchanlik va bozorga yaqinlikda namoyon
bo'ladi. Shuningdek, bunday subyektlar odatda katta byurokratik to'siqlarsiz
faoliyat yuritadi, bu esa ularni hududiy darajada ish o'rinlari yaratishda
strategik muhim bo'g'inga aylantiradi.
O'zbekiston tajribasida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining
ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillaridan boshlab
mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha huquqiy baza yaratildi, jumladan,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risida”gi, “Xususiy mulkni
himoya qilish” va boshqa qonunlar qabul qilindi. Keyingi yillarda Prezident
farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida soliq yengilliklari,
imtiyozli kreditlash, subyektlarni ro'yxatdan o'tkazishni soddalashtirish,
litsenziya va ruxsatnoma jarayonlarini qisqartirish orqali tadbirkorlik
muhitini yaxshilashga katta e'tibor qaratildi.
Nazariy jihatdan, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning o'sishiga ta‟sir etuvchi asosiy omillar
quyidagilardan iborat: qulay institutsional muhit, soddalashtirilgan soliq
tizimi, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyati, mehnat resurslari salohiyati,
hududiy infratuzilma, axborot va maslahat xizmati tizimining mavjudligi.
Shuningdek, kichik
biznesning o'sishi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokiga,
innovatsion g'oyalarni amalga oshirishga tayyorlik darajasiga, bozor
ehtiyojlarini to'g'ri anglashga ham bevosita bog'liq.
Raqamli transformatsiya
davrida esa kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Internet
savdosi, elektron to'lov tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing, onlayn
xizmatlar – bular tadbirkorlik faoliyatini tez va kam xarajatlar bilan yo'lga
qo'yish imkonini beradi. Bu jihatlar soha rivojiga ijobiy turtki bermoqda.
Xulosa qilib aytganda,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
barqarorlikka ham xizmat qiluvchi muhim sektor bo'lib, uning nazariy asoslarini
chuqur o'rganish amaliy tahlil uchun poydevor vazifasini bajaradi. Kelgusi
bobda esa aynan O'zbekistonda so'nggi yillarda mazkur soha rivojining statistik
ko'rsatkichlari asosida o'sish dinamikasini tahlil qilishga e'tibor qaratiladi.
O'zbekiston
Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida olib borilayotgan
islohotlar natijasida mazkur sektorning iqtisodiyotdagi ulushi yildanyilga
ortib bormoqda. So'nggi besh yillikda kichik biznes subyektlarining soni, band
aholining ulushidagi roli, yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va eksportdagi
ishtiroki sezilarli darajada kengaygani kuzatildi. Ushbu bo'limda 2020–2024
yillar oralig'ida mazkur ko'rsatkichlar asosida o'sish dinamikasi statistik
usullarda tahlil qilinadi.
Davlat statistika
qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yilda kichik biznes subyektlari soni 355
mingni tashkil etgan bo'lsa, 2024-yilda bu ko'rsatkich 460 mingtaga yetgan. Bu
esa besh yil ichida 29,5% o'sishni anglatadi. Aholining bandlik
ko'rsatkichlariga e'tibor qaratilsa, 2020-yilda band aholining 74,1 foizi
kichik biznesda faoliyat yuritgan bo'lsa, 2024-yilda bu ko'rsatkich 76,9 foizga
yetgan. Mazkur o'sish tadbirkorlik muhitining yaxshilanib borayotganini, yangi
ish o'rinlari yaratilayotganini anglatadi. Yalpi ichki mahsulotdagi ulush
bo'yicha ham ijobiy dinamikani ko'rish
mumkin.
2020-yilda kichik
biznesning YAIMdagi ulushi 52,3 foiz bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2024-yilda
56 foizga yetdi. Xuddi shunday, eksportdagi ulush ham 27,8 foizdan 32,7
foizgacha ortgan. Bu esa kichik biznes subyektlarining tashqi bozorlar bilan
integratsiyasi kuchayganidan dalolat beradi.
Quyidagi jadvalda mazkur
ko'rsatkichlar yillik kesimda aniq aks ettirilgan: 1-jadval
O‘zbekistonda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari
(2020–2024 yillar)
|
Ko‘rsatkic hlar |
2020 |
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
|
Kichik biznes
subyektlari soni (mingta) |
355 |
389 |
412 |
437 |
460 |
|
Band aholining ulushi (%) |
74.1 |
74.8 |
75.6 |
76.2 |
76.9 |
|
YAIMdagi |
52.3 |
53.7 |
54.4 |
55.1 |
56.0 |
|
ulushi (%) |
|
|
|
|
|
|
Eksportdagi ulushi (%) |
27.8 |
29.1 |
30.5 |
31.8 |
32.7 |
Yuqoridagi jadval asosida olib borilgan tahlil
shuni ko'rsatadiki, kichik biznesning iqtisodiyotdagi roli izchil ortib
bormoqda. Ayniqsa, xizmat ko'rsatish va savdo sohalarida kichik tadbirkorlar
faoliyatining kengaygani kuzatilmoqda. Statistik ma'lumotlarga asoslangan
holda, 2020-yildan 2024-yilgacha kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi yiliga o'rtacha 0,9 foiz punktga oshgan. Eksportdagi ulushi ham har yili
o'rtacha 1,2 foiz punktga ko'paygan. Bu tendensiyalar kichik biznes
subyektlarining ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarda tobora faol ishtirok
etayotganini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga,
statistik kuzatuvlar ayrim muammoli jihatlarni ham ko'rsatmoqda. Jumladan,
hududlararo tafovutlar – ayrim viloyatlarda kichik biznesning iqtisodiy
faolligi yuqori bo„lsa, boshqa hududlarda bu soha sust rivojlanmoqda. Bundan
tashqari, ayrim kichik biznes subyektlari moliyaviy resurslarga, kredit
mablag'lariga, konsalting va axborot xizmatlariga yetarlicha kira olmasligi
ularning raqobatbardoshligini pasaytirayotgan omillardandir.
Umuman olganda,
statistik tahlillar O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
o'sish dinamikasi barqaror va ijobiy yo'nalishda kechayotganini ko'rsatadi.
Ularning iqtisodiyotdagi o'rni nafaqat son va ulush jihatidan, balki sifat
jihatdan ham tobora ortib bormoqda. Bu esa sohani yanada chuqurroq
qo'llabquvvatlash va yangi mexanizmlarni joriy etish zaruratini yuzaga
keltiradi.
Tadqiqot natijalari
shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohasining o'sish dinamikasi barqaror va izchil kechmoqda.
2020–2024 yillar
oralig'ida kichik biznes subyektlari sonining oshishi, ularning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi va eksportdagi ishtirokining kengaygani bu sektorning
iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada mustahkamlagan. Shuningdek, bandlikdagi
ulushining doimiy o'sib borayotgani mazkur sohaga nisbatan olib borilayotgan
davlat siyosatining samaradorligini tasdiqlaydi.
Statistik tahlillar
asosida aniqlanishicha, kichik biznes iqtisodiy o'sishni ta‟minlash, aholi
bandligini oshirish va hududiy taraqqiyotni rag'batlantirishda muhim rol
o'ynaydi. Shu bilan birga, hududiy tafovutlar, moliyaviy resurslarga kirishdagi
cheklovlar, konsalting va texnologik ko'mak tizimining yetarli emasligi kabi
muammolar soha rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va ularning
raqobatbardoshligini oshirish yo'lida tizimli islohotlarni davom ettirish,
statistik monitoringni kuchaytirish va hududiy yondashuvlarni takomillashtirish
zarur.
Yuldasheva
Alloma
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Akbarova Sayyora
Innovatsion
ta’lim kafedrasi PhD, dotsent
Sarlavxa :
Markaz faoliyatiga oid
03 06 2025 / 12:47