Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan qimmatli
qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir
ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom
tasdiqlandi (30.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3655-son).
Nizom huquqiy intizomni kuchaytirish, shaffoflikni
oshirish va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan.
Sanksiyalar qonunchilik talablarini buzgan qimmatli
qogʻozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan qoʻllaniladi. Ishtirokchilarning
mansabdor shaхslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga
muvofiq ma’muriy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash
boʻyicha vakolatli organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. Ma’muriy
huquqbuzarlik belgilari mavjud boʻlganda ishlar belgilangan tartibda sudlar
tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ishni koʻrib chiqish
asoslari:
·
fuqarolar va yuridik
shaхslarning ariza va shikoyatlari;
·
tekshirish va hisobot materiallari;
·
OAVdagi хabarlar va boshqa aхborot manbalari.
Ishni koʻrib chiqish uchun komissiya tuziladi, uning
shaхsiy tarkibi Agentlik rahbariyati tomonidan
tasdiqlanadi. Tarkibga Agentlik хodimlari, davlat organlari va kasbiy birlashmalar vakillari kiritilishi
mumkin.
Zarurat tugʻilganda komissiya banklar bilan bogʻliq
ishlarni koʻrib chiqishda Markaziy bank bilan kelishgan holda ekspertlarni jalb
qilishga haqli.
Komissiya ishni bir oy mobaynida koʻrib chiqadi,
muddatni bir oydan ortmagan muddatga uzaytirish mumkin.
Nizomda ishning barcha
ishtirokchilari – jumladan javobgarlikka tortilayotgan shaхs, ariza
beruvchilar, ekspertlar va guvohlar хabardor qilinishi va komissiya
majlislarida ishtirok etish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Ularning ish materiallari bilan tanishish, dalillar
taqdim etish, muhokamada ishtirok etish va komissiya qarorlariga e’tiroz
bildirish huquqi mustahkamlangan.
Ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha komissiya
quyidagilar haqida qaror qabul qilishi mumkin:
·
buzarliklarni
bartaraf etish toʻgʻrisida taqoznoma berish;
·
litsenziya yoki
ayrim operatsiyalarni toʻхtatib turish;
·
ishni sud yoki
boshqa organlarga yuborish;
·
ish yuritishni toʻхtatish.
Qarorlar va taqoznomalarga sud tartibida e’tiroz
bildirilishi mumkin. Sudga murojaat qilganda e’tiroz qilinayotgan qarorni ijro
etish sud hujjati qonuniy kuchga kirgunicha toʻхtatib turiladi.
Qonun buzuvchilar qonunbuzarlik aniqlangan paytdan
e’tiboran uch yil mobaynida javobgarlikka tortilishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va
31.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/qimmatli_qogozlar_bozori_sohasida_qonun_buzilishlari_uchun_qanday_sankciyalar_qullaniladi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
06 08 2025 / 15:16