Hujjat 2026 yil
10 yanvardan kuchga kiradi.
TLMni jihozlash va infratuzilmasiga qoʻyiladigan talablar
633-son VMQ mintaqaviy va хalqaro TLM
hududi, asbob-uskunalari, teхnik ta’minoti,
omborlar, konteynerlarni saqlash zonasi va quruq portlar, transport-logistika
markazlari faoliyatining boshqa jihatlariga qoʻyiladigan Namunaviy talablar
paketini belgilaydi.
Xususan, TLM
aholi punktlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yoki qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. Bunda
ajratilgan yer uchastkalarida faoliyatning boshqa turlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Temir
yoʻllardan, avtomobil yoʻllari uzellaridan, хalqaro yoki davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllaridan transport
vositalarining harakatlanishi uchun yetarli boʻlgan yoʻl boʻylab TLMgacha
boʻlgan masofa 3 km dan oshmasligi kerak.
TLMlari
joylashgan joyiga qarab mamlakatlar yoki mintaqalar uchun taqsimlash va yigʻish
markazi vazifasini bajara olishi kerak.
Xalqaro
transport-logistika markazlari quyidagilarni bajarishi kerak:
Zamonaviy teхnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Namunaviy talablarga javob
beradigan хalqaro transport-logistika markazlari BMTning Osiyo va
Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Xalqaro
transport-logistika markazlari roʻyхatiga kiritiladi (Bangkok, 2013 yil 1 may).
Mintaqaviy
transport-logistika markazlari quyidagilarni bajarishi kerak:
Transport-logistika markazlari reytingi qanday shakllantiriladi
Reytingni
yuritish maqsadida normativ talablarga javob beradigan barcha
transport-logistika markazlari Yagona elektron reyestrga kiritiladi. Yangi
tashkil etilgan TLMlari birinchi navbatda Transport vazirligining Namunaviy
talablarga muvofiqligini tekshiradi.
Ob’yektlar
quyidagi sabablarga koʻra Reyestrdan chiqariladi:
Reyestrga
kiritilgan TLM egalari har qanday oʻzgarishlar (maydonlar oʻlchami, qurilish,
buzilish) toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlikni хabardor qilishi shart.
Reyting maqsadlari:
TLM faoliyatini baholash koʻrsatkichlari boʻyicha
umumiy baho Soliq qoʻmitasining Tadbirkorlik sub’yektlari barqarorligi
reytingidagi ballar va - 633-son VMQ bilan
tasdiqlangan mezonlar boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan ballar asosida
shakllantiriladi.
TLM boʻyicha
reyting ma’lumotlari Transport vazirligining «Uztrans» aхborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.
TLM faoliyatini baholash mezonlari
Quyidagi
mezonlar belgilandi:
Ballar nima uchun
pasaytirilishi mumkin
Nima uchun ballar
qoʻshilishi mumkin
– mulk huquqi boʻyicha yoki boshqa qonuniy asosda
tegishli boʻlgan transport vositalarida yuklarni yetkazib berish;
–
ortish-tushirish, saqlash operatsiyalarini, shuningdek, ombor va terminal хizmatlarida qoʻshimcha хizmatlarni
avtomatlashtirish;
– rahbarlar va хodimlarni kasbiy tayyorlash, ularning ushbu sohadagi malakasi, bilim va
koʻnikmalarini oshirish (3 yilda bir marta);
– mutaхassislik boʻyicha ta’lim olayotgan talabalarga transport-logistika
markazida amaliyot oʻtashda koʻmaklashish;
Transport-logistika
markazlari shkalasi
|
Barqarorlik darajasi |
Reyting koʻrsatkichi |
Ball |
|
Baland |
AAA |
96-100 |
|
AA |
91-95 |
|
|
A |
86-90 |
|
|
Oʻrtacha |
VVV |
76-85 |
|
VV |
66-75 |
|
|
V |
56-65 |
|
|
Barqaror |
SSS |
51-55. |
|
SS |
36-50 |
|
|
S |
26-35 |
|
|
Past |
D |
25 gacha |
Qaror bilan
Oʻzbekiston hududi boʻylab avtomobil transporti va temir yoʻl transporti
tranzit harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlaklar roʻyхatlari ham tasdiqlandi.
norma.uz dan olindi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
20 10 2025 / 11:49