O‘zbekistonda
tadbirkorlik sub’ektlari soni aholi jon boshiga nisbatan barqaror o‘sish
tendensiyasini namoyon etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar
holatiga mamlakatda har 1 000 nafar aholiga o‘rtacha 31,7 ta tadbirkorlik
sub’ekti to‘g‘ri kelgan.
Tadbirkorlari eng ko‘p hududlar
Eng yuqori
ko‘rsatkich Jizzax viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda har 1 000 aholiga
61,0 ta tadbirkor to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinda
Toshkent shahri joylashgan. Poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 45,3 tani tashkil
etgan. Xorazm viloyati ham yuqori faollik namoyon etib, 44,8 ta natija bilan
yetakchi hududlar qatoriga kirgan. Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo
viloyatlarida esa ko‘rsatkichlar 36–38 ta atrofida shakllangan.
O‘rtacha darajadagi
hududlar qatoriga Buxoro, Andijon va Toshkent viloyati kiradi. Bu yerlarda har
1 000 aholiga 29–35 ta tadbirkor to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston
Respublikasida ko‘rsatkich 27,9 tani tashkil etgan.
Tadbirkorlik darajasi past hududlar
Eng past natijalar
Namangan — 24,8 ta, Samarqand — 23,9 ta, Farg‘ona — 22,3 ta va Qashqadaryo —
18,6 ta qayd etilgan.
Uz.A