TSAda eksport hajmi 7 055,5 mln. AQSh dollariga (12,3 % ga ko‘paydi) va import hajmi 10 957,4 mln. AQSh dollariga (14,3 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 3 901,9 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil may oyida qayd etilib, 4 250,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2020 yilning shu oyiga nisbatan 2 078,9 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.
2021 yil iyun oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3 440,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va 2020 yilning shu davriga nisbatan 15,1 foizga ko‘paydi.
2021 yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 907,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, birinchi chorak ko‘rsatkichidan 53,5 foizga ko‘pdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston jahonning 171 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,2 %), Rossiya Federatsiyasida (17 %), Qozog‘istonda (10,4 %), Turkiyada (8,7 %), Koreya Respublikasida (4,6 %), Qirg‘iz Respublikasi (2,4 %) va Afg‘onistonda (2,0 %) qayd etilgan.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 38,6 % ulush bilan 6 946,6 mln. AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 1,1 % ulush bilan 202,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
05 08 2021 / 9:55