Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-noyabr oyi uchun tashqi savdosi



Ulashing :


Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-noyabr oyi uchun tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-noyabr oyi uchun tashqi savdosi

2021 yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 37,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 5 mlrd. AQSh dollariga yoki 15,0 %ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

TSAda eksport hajmi 15,5 mlrd. AQSh dollariga (8,9%ga ko‘paydi) va import hajmi 22,5 mlrd. AQSh dollariga (19,7%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida-7 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan to‘rtta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Turkiya shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston jahonning 181 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,7%), Rossiya Federatsiyasida (17,4%), Qozog‘istonda (9,3%), Turkiyada (8,0%), Koreya Respublikasida (4,4%), Qirg‘iz Respublikasi (2,2%) va Germaniyada (1,8%) qayd etilgan.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 38,7% ulush bilan 15 mlrd. AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 1,1% ulush bilan 345,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.



Sarlavxa :
Iqtisodiyot

23 12 2021 / 13:21