Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar oyi uchun tashqi savdosi



Ulashing :


Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar oyi uchun tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar oyi uchun tashqi savdosi

2022 yilning yanvar oyi yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 3498,2 mln. dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1164,2 mln. dollarga yoki 49,9%ga ko‘paydi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

TSAda eksport hajmi 1399,4 mln.dollarga (101,4%ga ko‘paydi) va import hajmi 2098,7 mln. dollarga (28,0%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 699,3 mln.dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor - davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg‘iz Respublikasi (42,3 mln. dollar), Afg‘oniston (37,0 mln. dollar) va Tojikiston (22,7 mln. dollar) shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi jahonning 135 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (17,8%), Rossiya Federatsiyasida (16,4%), Qozog‘istonda (7,6%), Turkiyada (7,6%), Koreya Respublikasida (6,1%), Qirg‘iz Respublikasi (1,7%) va Ukrainada (1,4%) qayd etilgan.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 33,7% ulush bilan 1179,8 mln.dollarni, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 1,0% ulush bilan 34,7 mln.dollarni tashkil etdi.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

22 02 2022 / 11:40