Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Shtab
o‘z ishini boshladi. Unda turli sohalarda, jumladan, investitsiyalarni jalb
qilish va yangi ishlab chiqarish obektlarini tashkil etish, tashqi savdo,
transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni targ‘ib
qilish, importni optimallashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlarda
ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralar
xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Investitsiya
va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovning ta’kidlashicha,
shtabda 46 ta vazirlik va idoralar xodimlari faoliyat yuritishyapti.
“Shtab 24 soat, tunu-kun ish olib boradi. Tadbirkor va
eksportchilar o‘z muammolari bilan, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan masalalar
bo‘yicha maslahat olish uchun istalgan vaqtda xodimlar bilan bog‘lanishlari
mumkin. Barcha masalalar qisqa muddatda o‘rganiladi va hal qilinadi. Shu
paytgacha 1150 ta murojaatlar qabul qilingan va ularning 305 tasi ijobiy hal
qilingan.
Asosan import muammolari, eksport bozorlarini topish,
kredit muddatlarini uzaytirish va infratuzilma bo‘yicha murojaatlar bo‘lyapti.
Ayni paytda eksportga chiquvchi tadbirkorlarimizning
transport xarajatlari oshyapti. Chunki ular yangi koridorlar qidirishmoqda.
Davlatimiz rahbari eksportyorlarning transport xarajatlarini 70 foizgacha
qoplab berish bo‘yicha ko‘rsatma berdilar, hozir qaror loyihasi ustida
ishlayapmiz.
Turli davlatlar bilan yuk tashish xarajatlarini 50
foizgacha qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Yangi koridorlarga bir
misol – 16 mart kuni Hindistonning Mumbay portida
Hindiston-Pokiston-Afg‘oniston-O‘zbekiston transport koridori orqali shakar
mahsuloti karvoni yo‘lga chiqdi.
Shu bilan birga Qozog‘istondan kirib keladigan shakar,
bug‘doy mahsulotlari transport xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish
kelishilgan, endi ichki transport xarajatlarini ham qisqartirish bo‘yicha ham
ko‘rsatma berildi.
Prezidentimiz tadbirkorlarning xorijiy valutadagi
kreditlarining foiz yukini oshirmaslik va imtiyozli kreditlash bo‘yicha
topshiriq berdilar. Eksportyor korxonalarimizga qo‘shimcha aylanma mablag‘lar
bilan ta’minlash bo‘yicha chora tadbirlar belgilab olindi”, – dedi A. Voitov.
Murojaatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat palatasining koll-markazi tomonidan keyinchalik Shtabga tezkor
ravishda yuborish uchun qabul qilinadi.
Call-markazlar
raqamlari: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: + 998 71 238 52 52
Savdo-sanoat palatasi: 1094
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
24 03 2022 / 10:19