Eng katta o‘sishni “Milliy Bank” va “Infinbank” ko‘rsatib, ular mos ravishda 4 va 3 pog‘onaga ko‘tarildi. Shu bilan birga, “Ipotekabank” kuchli uchlikdan tushib ketdi va “O‘zsanoatqurilishbank” umumiy reytingda eng katta pasayishni ko‘rsatdi.
2022 yil 1 iyun holatiga respublika bank tizimi aktivlari 493,7 trillion so‘mni (2021 yil 1 iyun holatiga nisbatan o‘sish 25 foiz), majburiyatlar – 420,2 trillion so‘mni (o‘sish 26 foiz), kreditlar – 345,2 trillion so‘mni (o‘sish 15,9 foiz) hamda depozitlar -173,9 trillion so‘mni (o‘sish 37,8 foiz) tashkil etdi.
Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.
2022 yilning II choragi uchun yirik banklar faollik reytingida “Kapital bank” yuqori o‘rinni egallashda davom etmoqda, moliyaviy vositachilik va ommabopligi bo‘yicha o‘tgan chorakka nisbatan ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Bu bankning aholi va tadbirkorlik vakillari bilan faol ish olib borayotganini ko‘rsatadi. Biroq, reyting natijalari shuni ko‘rsatadiki, bank kapitalning yetarliligi va rentabelligiga e’tibor berishi kerak.
“Trast bank” reytingning ikkinchi pog‘onasini egallab, o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoldi va “Hamkor bank” bir pog‘onaga ko‘tarilib, kuchli uchlikni yopdi.
“Ipoteka bank” davlat ulushi mavjud eng yirik banklardan biri bo‘lib, u ilgari dinamik o‘sishni (6 punktga) ko‘rsatgan, umumiy reytingda 3-o‘rindan 5-o‘ringa tushdi. Bankning moliyaviy vositachilik bo‘yicha reytingi muddatli depozitlarning kreditlariga nisbatini yanada oshirish, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘lar hamda Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozimligini ko‘rsatmoqda.
“Milliy bank” umumiy reytingda 4 pog‘onaga (12 o‘rin) yuqoriladi. Bankning boshqaruv samaradorligi va likvidlilik bo‘yicha ijobiy natijalari kuzatildi. “Mikrokreditbank” umumiy reytingda 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 10-o‘rinni egalladi. Bunga bankning moliyaviy vositachilik (10-o‘rin) va aktivlar sifati (11-o‘rin) ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli ijobiy o‘zgarishlari sabab bo‘ldi.
“O‘zsanoatqurilishbank” umumiy reytingda 4 pog‘ona yo‘qotib, 10-o‘rindan 14-o‘ringa tushib ketdi. Bunga bankning aktivlari sifati, boshqaruv samaradorligi va likvidlilik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Xususan, muammoli kreditlar hajmi oshdi va yuqori likvidli aktivlari jami aktivlariga nisbati kamaydi.
2022 yilning II choragi uchun kichik banklar faollik reytingida O‘zbekistondagi 14 ta kichik banklar orasida “Universalbank” ikkinchi chorakda eng faol bo‘ldi va o‘z mavqeini birdaniga 3 ballga yaxshiladi. Shu bilan birga, “Davr bank” o‘zining yetakchi pozitsiyalarini saqlab qolgan holda kichik banklar kategoriyasida reytingning yetakchisi bo‘lib qolmoqda.
“TBC Bank” umumiy reytingda uch pog‘ona yo‘qotdi va reytingning oltinchi pog‘onasidan to‘qqizinchi pog‘onasiga tushib ketdi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
15 07 2022 / 12:43