18 iyulda o'tkazilgan yig'ilishda qabul qilingan chora-tadbirlar jahon oziq-ovqat kon'yunkturasi murakkablashib borayotgan sharoitda ekin erlari va tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ladi, deydi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o'rinbosari Xurshid Asadov "yangi O'zbekiston" gazetasi uchun tayyorlagan maqolasida.
📈 2022 yilning 6 oyida 821 ming tonna yoki o'tgan yilga nisbatan 102 ming tonna ko'p meva-sabzavot eksport qilindi.
✔️ Hozirga qadar ajratilgan 64 ming gektarda jami 785 ming aholi ish bilan ta'minlandi. Meva-sabzavot etishtirish hajmlarining keskin oshishi bozorlardagi baholarga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
✔️Bir paytning o'zida hali foydanilmay yotgan imkoniyat va zaxiralar ham mavjud. Jumladan, respublika bo'yicha 16 ming gektar maydon egasiz yotibdi. Chunki bu erlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suv bilan ta'minoti og'ir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yo'q.
✔️Qoraqalpog'istonlik va qashqadaryolik tomorqa egalari takliflaridan kelib chiqib, suv ta'minoti og'ir mahallalarda katta quduq qazish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori 150 million so'mgacha oshiriladi. Kichik quduqlar uchun Qoraqalpog'istonda 5 metrdan, qolgan hududlarda 10 metrdan ortiq chuqurlikning har bir metriga 100 ming so'mdan subsidiya beriladi.
Xurshid Asadov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktor o'rinbosari
"Yangi O'zbekiston" gazetasi №147, 22 iyul 2022y.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
26 07 2022 / 17:06