Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekistonning biznes muhiti “Trading Economics” nigohida



Ulashing :


2023 yildan boshlab O‘zbekistondagi biznes muhiti ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Trading Economics” axborot portalida ham e’lon qilinmoqda.

Dunyoning 196 mamlakati iqtisodiy ko‘rsatkichlariga baho beriladigan ushbu xalqaro iqtisodiy statistika onlayn portali birinchi marta Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan olib borilgan hisob-kitoblar asosida O‘zbekistonning biznes muhiti indeksini e’lon qildi.

Markaz tomonidan joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mamlakatda yil boshidan buyon biznes muhitining jamlangan ko‘rsatkichlari biroz pasayishni ko‘rsatganini ma’lum qilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish jabhalari ko‘rsatkichlarining dinamikasida buni ko‘rish mumkin.

Tahlilchilar yil boshida mamlakatdagi biznes muhitining holatini ijobiy, deya baholadilar. Shunday qilib, jamlangan indikatorning 3 ta bandi pasayganiga qaramay, 54 banddan iborat umumiy holatda ijobiylik saqlanmoqda.

Respondentlarning 41 foizi o‘z biznesining bugungi kundagi holatini "yaxshi" deb baholagan bo‘lsa, "yomon" deb qayd etganlarning ulushi atigi 14 foizni tashkil etadi.

Keyingi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollarining ko‘rsatkichi taxminan 76 band bilan yuqori darajada qolishi kutilmoqda, bu esa barcha sohalardagi o‘sishga bo‘lgan ishonchni ta’minlaydi.

O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

20 02 2023 / 10:22