Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tahlil: O‘zbekiston iqtisodiyoti barqarorlikni saqlab qoldi



Ulashing :


O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi qiyinchiliklarga chidamliligini ko‘rsatdi. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 1-choragida iqtisodiyot ichki va tashqi zarbalar sharoitida rivojlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2023 yilning 1-choragida 5,5 foizga o‘sdi.

Qo‘shni mamlakatlarda YAIMning o‘sish sur’atlari yanvar-mart oylarida o‘tgan yilning dastlabki uch oyiga nisbatan tezlashdi. Shunday qilib, Qozog‘istonda iqtisodiyot 4,9 foizga, Qirg‘izistonda 4,6 foizga o‘sdi. Xitoyda YAIM o‘sishi 4,5 foizni tashkil etgan. Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida Rossiya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga kamaydi, inflyatsiya sekinlashdi, yil boshidan beri narxlar 1,7 foizga oshdi.

Uch oyda O‘zbekistonda inflyatsiya 2022 yilning mos davridagi 2,9 foizdan 2,4 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi — 3,4 foiz (2022 yil yanvar-mart oylarida — 4,4 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,6 foiz (2,1 foiz), pullik xizmatlar narxi 1,6 foiz (1,5 foiz) bo‘ldi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 3,1 foizgacha sekinlashdi. O‘sish byudjet mablag‘lari hisobidan investitsiya hajmining 2,1 barobarga sezilarli o‘sishi, shuningdek, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida olingan kreditlar hajmining 22 foizga o‘sishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Markazlashtirilmagan investitsiyalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 37 foizga o‘sishi kuzatilmoqda. Umuman olganda, 1-chorak yakunlariga ko‘ra, markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foizi, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushi 90 foiz bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Yanvar-mart oylarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ammo 2022 yilning 1-choragiga nisbatan sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘sish sur’atlari sekinlashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,1 foizga oshdi. Eng katta o‘sish elektr energiyasi, gaz ta’minoti, bug‘ va havoni tozalash tarmog‘ida bo‘lgan, ya’ni 5,4 foiz. Ko‘rib chiqilayotgan davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,3 foizga yuqoriladi. Tog‘-kon sanoatida o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 2 foizgacha tezlashdi (0,8 foiz). Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sishi 2022 yilning 1-choragida 24 foizdan 2023 yilning birinchi 3 oyida 5,1 foizgacha sekinlashgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10,9 foizga oshgan. Bu 2022 yil yanvar-mart oylarida 15,9 foiz bo‘lgan edi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 3,2 foizga tezlashishi kuzatilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yil yanvar-mart oylarida 2,8 foizni ko‘rsatgan.

Tashqi savdo aylanmasi 11,9 foizga o‘sib, 14,8 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, eksport hajmi 2,6 foizga kamaydi va 5,7 milliard dollarni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 2,4 baravar sezilarli darajada o‘sgan. Importning o‘sish sur’ati 23,4 foizgacha sekinlashib, hajmi 9,1 milliard dollarni tashkil etgan. O‘tgan 2022 yil yanvar-mart oylarida esa bu ko‘rsatkich 44,2 foiz bo‘lgan.

Mutaxassislarning fikricha, eksport ko‘rsatkichlarining pasayishi xorijga yoqilg‘i-energetika resurslari yetkazib berish 48 foizga, oltin 19 foizga, sanoat tovarlari deyarli 10 foizga, xom ashyo 40 foizga kamayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, oziq-ovqat eksporti 26 foizga, kimyoviy mahsulotlar 13 foizga, mashina va transport uskunalari deyarli 2 baravar, tayyor mahsulotlar 36 foizga, xizmatlar deyarli 50 foizga oshdi.

Importda asosiy o‘sish mashina va transport uskunalarini yetkazib berish 42 foizga, mineral yoqilg‘i va neft mahsulotlari 53 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 17 foizga, kimyoviy mahsulotlar 16 foizga, xom ashyo yetkazib berishning 21 foizga oshishi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, salbiy ta’sir ko‘rsatgan ko‘plab tashqi va ichki muammolarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 yilning 1-choragida barqarorlikni namoyish etdi va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi.

B.Meliqulova, O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

26 04 2023 / 14:08