Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollari yuzasidan o‘z bahosini e’lon qildi.
Agentlik “Mirziyoyevning prezidentlik boshqaruvi uzaytirilishining boshqaruv sifati va institutlar mustaqilligiga ta’siri
vaqt o‘tishi
bilan namoyon bo‘ladi”, deb hisoblaydi.
“Boshqaruv standartlarini yanada takomillashtirish va siyosiy riskni yumshatish reytingning ijobiy tarafga siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
asosiy omillardir”, — deya
ta’kidlagan Fitch. Mart
oyida Fitch O‘zbekiston reytingini “BB-” darajasida, “barqaror” prognozi
bilan tasdiqlagandi.
Agentlik Jahon bankining 2021-yilga mo‘ljallangan
boshqaruv ko‘rsatkichlari reytingida O‘zbekiston o‘z mavqeini sezilarli
darajada yaxshilaganini, bu birinchi navbatda “tartibga solish sifati”
va “davlat samaradorligi” parametrlarining yaxshilanishi bilan bog‘liqligini
eslatdi.
Prezident qayta saylanganidan so‘ng “konstruktiv”
muxolifatni olqishlashini aytdi, ammo “agar parlamentning o‘zaro tiyib turish
va muvozanat tizimini ta’minlash bo‘yicha samaradorligi pasaysa, bu
hukumatning mas’uliyatni qabul qilish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
va Jahon bankining boshqaruv ko‘rsatkichlari reytingida mamlakat o‘rnining
pasayishga olib kelishi mumkin”, deyiladi sharhda.
Fitch so‘nggi paytlarda hukumat “jamoatchilikning
boshqaruvga nisbatan munosabatiga ochiqroq reaksiya bildirayotganining”
belgilari kuzatilayotganini qayd etgan.
“Ayni
damda Vazirlar Mahkamasi va byurokratik apparatni qisqartirish,
ish samaradorligiga qarab rag‘batlantirish standartlarini joriy etish
uchun jiddiy imkoniyat bor”, — deyiladi agentlik xabarida.
Fitch O‘zbekistonning 2023-yilda elektr energiyasi
tariflarini liberallashtirish rejalarini “keyingi islohotlarga tayyorlikning
birinchi belgisi” sifatida baholamoqda.
Agentlik prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda
yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi “yaxshi darajada” — 4,7 foiz bo‘lib,
2024-yilda 6 foizgacha oshadi va 2025-yilda investitsiyalarning kuchli
o‘sishi (qisman xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilgan), chet
elda ishlaydigan fuqarolarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari barqaror oqimi
saqlanib qolishi va inflyatsiyaning pasayishi (bu elektr energiyasi
tariflari islohotini qo‘llab-quvvatlashi mumkin) sharoitida 5,8 foizni tashkil
etadi.
O‘zbekiston reytingining ko‘tarilishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan ikkinchi omil — yalpi ichki mahsulot o‘sishi
va makroiqtisodiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan tizimli
islohotlarning izchil amalga oshirilishi bo‘lib, bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston
aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot bo‘yicha solishtiriladigan emitentlar bilan
oradagi farqni sezilarli darajada qisqartirishiga olib keladi.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukrainadagi harbiy
harakatlar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlariga chidamliligini
namoyish etdi, shu bilan birga, bu risklarning rivojlanishi bilan
bog‘liq noaniqlik mavjud. O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini
davom ettiradi va biz ishonamizki, prezident Mirziyoyev hukumati
bu aloqalarni saqlab qolishga intiladi va ayni vaqtda G‘arb
davlatlari bilan aloqalarni, ayniqsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siridan
qochish uchun ham saqlab qolishga intiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
27 07 2023 / 12:37