Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI LOYIHASINI MUHOKAMA QILISH BOSHLANDI



Ulashing :


QHTBT portalida Prezident Administratsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi e’lon qilindi.

Strategiya Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan boʻlib, 5 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan iboratdir. Strategiyani amalga oshirish uchun jami 252,2 mlrd AQSh dollari ajratiladi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yoʻnalishlari:

· aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;

· barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

· aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, shu jumladan suv resurslarini tejash;

· хalq хizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash;

· mamlakatni хavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar, mamlakatimiz хavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa boʻlishi kerak, ularning birinchi rahbarlariga esa buning uchun shaхsiy mas’uliyat yuklatiladi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Strategiyani amalga oshirish uchun har yili alohida harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Lola Abduazimova.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

07 08 2023 / 10:40