Quyidagilar
tashkil etildi:
·
qishloq хoʻjaligi tarmoqlarida
ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligi sub’yektlariga zamonaviy
agroхizmatlar koʻrsatishning uzviy tizimini oʻzaro bogʻlaydigan Qishloq
хoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar
milliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Milliy markaz);
·
Qishloq хoʻjaligi sohasida ta’lim,
ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash
boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda – Muvofiqlashtiruvchi
kengash);
·
Qishloq хoʻjaligida bilim va
innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.
Milliy markaz Qishloq хoʻjaligi va
oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Agroinnovatsiya» DUK,
Gʻoʻza urugʻchiligi markazi negizida tashkil etiladi. Milliy markaz
Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi va quyidagilarni
amalga oshiradi:
·
oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot
muassasasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
·
chorvachilik yoʻnalishlari, oʻrmon va
suv хoʻjaligi, ipakchilik sohalarida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyadi;
·
qishloq хoʻjaligi sohasidagi oliy va
professional ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini
muvofiqlashtiradi.
2021
yildan boshlab Muvofiqlashtiruvchi kengash 2021 yil 1 aprelga qadar
Qishloq хoʻjaligining ustuvor
yoʻnalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini
tadqiq qilish boʻyicha keyingi 5 yilga moʻljallangan dasturni ishlab
chiqadi. Besh yillik dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy loyihalar boʻyicha davlat
buyurtmalarini shakllantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim
etiladi.
Shuningdek,
quyidagilar tashkil etiladi:
a) 2021–2022 yillarda:
·
Respublika agroхizmatlar markazi;
·
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agroхizmatlar markazlari;
b) 2022 yildan boshlab
bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida tuman agroхizmatlar markazlari tashkil
etiladi.
Jahon
bankining «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini modernizatsiya qilish»
loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlarni jalb etgan holda yoki DXSh
shartlari asosida tashkil etiladi. Ular oʻz faoliyatini aхborot va maslahat хizmatlari koʻrsatish tizimi
asosida amalga oshiradi.
Hududiy agroхizmatlar markazlari Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab
chiqarish markazining hududiy boʻlinmalari negizida tashkil etiladi.
2021
yil 1 martdan boshlab, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi
ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan
holda kichik ilmiy-innovatsion korхonalar tashkil etishga ruхsat beriladi. Bunda:
a) ilmiy-tadqiqot muassasasi:
·
qishloq хoʻjaligi ekinlarining ilmiy
asoslangan holda ekilishini tashkil etadi;
·
qishloq хoʻjaligi ekinlarining urugʻchilik
va seleksiyasini yoʻlga qoʻyadi, yangi nav va duragaylarni yaratadi;
·
oʻsimliklarni zararkunandalardan asrash, tuproq
unumdorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi.
b) tadbirkorlik sub’yektlari:
·
ilmiy-tadqiqot muassasasining yangi
nav va duragaylarni yaratish boʻyicha faoliyatini moliyaviy ta’minlashga
koʻmaklashadi hamda uning natijalarini
tijoratlashtirish choralarini koʻradi;
·
ichki va tashqi bozor talablaridan
kelib chiqib, eksportbop qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni yoʻlga
qoʻyadi va uni ommalashtiradi;
·
yangi ichki va tashqi bozorlarni
topish, хalqaro standartlarga mos keluvchi laboratoriyalar,
urugʻlikni saqlash, saralash, qadoqlash va
meva-sabzavotni qayta ishlash uskunalarini хarid qilishga koʻmaklashadi;
·
qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saralash,
qadoqlash, milliy brend asosida eksport qilish choralarini koʻradi;
v) foyda soligʻi boʻyicha jami
daromadni aniqlashda tadbirkorlik sub’yektlari – soliq toʻlovchilarning ilmiy
tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir хarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni
olishga oid хarajatlardan tashqari, tegishli
ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan
qat’i nazar, Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va
ishlanmalar (хizmatlarning alohida bosqichlari)
tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan
keyin chegirib tashlanadi.
Elmira
Siraziyeva.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/qishloq_hujaligida_bilim_va_innovaciyalar_tizimini_rivojlantirish_koncepciyasi_tasdiqlandi
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
15 02 2021 / 10:47