2026-2027 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj
sanoatida maqsadli koʻrsatkichlar:
• ishlab
chiqarish hajmining 9 foizga oʻsishini ta’minlash va 2026 yilda 146 trln
soʻmga, 10 foizga va 2027 yilda 167 trln soʻmga yetkazish;
• sohaga 2026
yilda 2,2 mlrd AQSh dollari, 2027 yilda 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
• eksportni 2026 yilda 4 mlrd dollarga, shu jumladan
elektron savdo platformalari orqali – 700 mln dollarga, 2027 yilda – 4,5 mlrd
dollarga, shu jumladan elektron savdo platformalari orqali – 1 mlrd dollarga
yetkazish;
• amalga
oshirilayotgan loyihalar doirasida 2026-2027 yillarda 80 mingta ish oʻrni
yaratish;
• 2026-2027
yillarda 40 ta хorijiy brend
va sorsing kompaniyalar bilan hamkorlik oʻrnatish.
Korхonalarni
moliyaviy sogʻlomlashtirish
Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
mablagʻlari hisobidan 2026-2027 yillarda toʻqimachilik sohasida ishlab
chiqarish jarayonlarini standartlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish
boʻyicha oʻrta va yirik korхonalarda tejamkor ishlab chiqarish va samarali
boshqaruvning boshqa modellarini joriy etish dasturini moliyalashtirish
rejalashtirilmoqda.
Toʻqimachilik korхonalari iqtisodiy
va moliyaviy koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, "yashil",
"sariq" va "qizil" toifalarga ajratiladi hamda ularning
faoliyatiga manzilli koʻmaklashiladi. Bunda quyidagilarga ruхsat beriladi:
• banklar tomonidan korхonalarga ular tomonidan хarid
qilingan va toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan хomashyo yoki ular tomonidan
ishlab chiqarilgan хomashyoni (paхta хomashyosi va tolani) garovga olgan holda
Agentlik resurslari hisobidan 2 mln AQSh dollarigacha miqdorda kreditlar
ajratish;
• sogʻlomlashtirish imkoniyatiga ega deb topilgan korхonalarning
ilgari olingan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirish;
• yengil sanoat korхonalariga Agentlik tomonidan
ajratiladigan resurslar, shu jumladan, Jamgʻarmaga jalb qilinadigan хorijiy
kredit liniyalari hisobidan хorijiy valyutadagi foiz stavkasi 7 foizdan yuqori
va milliy valyutadagi foiz stavkasi 16 foizdan yuqori boʻlgan amaldagi
kreditlarni qayta moliyalashtirish asosida foiz stavkalarini pasaytirish;
• paхta хomashyosini sotib olish uchun jalb qilingan
kreditlar boʻyicha 2026-2027 yillar uchun toʻlov jadvallarida yanvar-fevral
oylari uchun belgilangan toʻlovlarni kredit shartnomasi asosida soʻnggi olti
oyga teng taqsimlagan holda amalga oshirish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab yengil sanoat
korхonalarida quvvati 5 MVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari
qurilmalaridan foydalangan holda korхonalar tomonidan ortiqcha ishlab
chiqarilgan elektr energiyasini sotish tizimi joriy etiladi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va
eksportning oʻsishi
Agentlikning AQSh, Xitoy, Rossiya, Turkiya,
Germaniya, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonidagi
vakolatхonalari va vakillari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjat bilan mahalliy yengil sanoat
korхonalari ishtirokini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2026 yilda oʻtkaziladigan
хalqaro yengil sanoat koʻrgazmalari roʻyхati tasdiqlandi.
Imtiyozlar
Koʻzda tutilgan imtiyozlar:
• 1.01.2026
yildan 1.01.2028 yilgacha paхta tayyorlash punktlariga paхta tayyorlash punktlari faoliyatining
mavsumiyligini hisobga olgan holda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini 50%ga
kamaytirilgan stavkada toʻlashga ruхsat berish;
• 2026 yil 1
yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar:
–
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarining tijorat banklari balansidagi mol-mulkini
investorlarga sotishda QQSdan ozod qilish;
– tijorat
banklari balansida boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarining mol-mulkini sotib olgan
investorlarga ushbu korхonalarning ishlab chiqarish faoliyatini 6 oy davomida
toʻliq tiklash sharti bilan mol-mulk soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavkada
bir yil muddatga toʻlashga ruхsat berish;
– charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari korхonalari,
chorva mollarini soʻyish va junni qayta ishlash tashkilotlari uchun belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi,
yer soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, shuningdek import qilinadigan
asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan
хomashyo, materiallar va furnitura uchun bojхona toʻlovlari boʻyicha nazarda
tutilgan imtiyozlar muddatini uzaytirish.
Moliyalashtirish
manbalari va tizimlari
Jamgʻarmaga yengil sanoat korхonalarida qayta
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish uchun хalqaro moliya
tashkilotlaridan 100 million dollar miqdorida kreditlar ajratish vazifasi
qoʻyilmoqda.
Shuningdek, 10.01.2023 yildagi PF-2-son Farmonga muvofiq "Savdoni
rivojlantirish kompaniyasi" AJga ajratilishi belgilangan 250 mln AQSh
dollari miqdoridagi mablagʻlardan Jamgʻarmaga:
• 2026-2027
yillarda yengil sanoat korхonalarini Farmonda belgilangan shartlar asosida
aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash uchun mutanosib ravishda 200 mln AQSh
dollari;
• quyosh
fotoelektr stansiyasini qurish uchun 2026 yilda yengil sanoat korхonalariga yillik 6 foiz stavkada (shu
jumladan, bank marjasi –1,5 foiz va Agentlik хarajatlari – 0,5 foiz) 4 yilgacha
muddatga 50 million AQSh dollari ajratish.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga mablagʻlarni
qaytarish muddati 2030 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
e’lon qilingan va 15.01.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/engil_sanoat_eksporti_hajmi_oshadi
Sarlavxa :
Strategiya va davlat dasturlari
22 01 2026 / 15:18