Hujjat JSTga a’zo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir Prezidentning 02.06.2023 yildagi PQ-181-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Miqdoriy cheklovlar deganda taqiqlar, kvotalar, litsenziyalash va boshqa ma’muriy choralar tushuniladi, bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlar bundan mustasno.
Nizomda
cheklovlarni joriy etishning 17 ta asosi nazarda tutilgan, jumladan, oziq-ovqat
yetishmovchiligi, milliy xavfsizlik, hayot va sogʻliqni muhofaza qilish.
Cheklovlar kamsitmaydigan, imkon qadar vaqtinchalik boʻlishi va sabab bartaraf
etilgach bekor qilinishi lozim.
Kvotalar
«aralash taqsimot» yoki «birinchi kelgan – birinchi oladi» usulida
taqsimlanadi. Aralash usulda kvota hajmining 50 foizi an’anaviy import
qiluvchilar (eksport qiluvchilar) oʻrtasida soʻnggi uch yildagi ulushiga
mutanosib ravishda, qolgan 50 foizi esa navbat asosida taqsimlanadi.
Mahsulot
importi yoki eksportida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan TIF ishtirokchilari
an’anaviy hisoblanadi. Oy davomida foydalanilmagan hajm avtomatik ravishda
umumiy navbatga oʻtkaziladi, kvotadan voz kechilganda esa Bojxona qoʻmitasini
kvota amal qilish muddati boshlanishidan kamida uch kalendar kun oldin xabardor
qilish kerak.
Bojxona yuk
deklaratsiyasini my.gov.uz orqali taqdim etish kvotadan foydalanish boʻyicha
soʻrov hisoblanadi, navbat esa deklaratsiya qabul qilingan sana va vaqtga qarab
belgilanadi. Bir kunda kvota qoldigʻidan koʻp hajmga deklaratsiya
berilsa, qoldiq mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Kvotaning umumiy, foydalanilgan va erkin qoldiq
hajmi, shuningdek, deklaratsiyalar navbati Bojxona qoʻmitasining «Yagona
darcha» tizimida real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Tijorat
sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.
Deklaratsiyaga
tashqi savdo shartnomasi (kontrakt), hisob-faktura (invoys) va (yoki) yuk
hujjatlari, mahsulotning nomi, TIF TN kodi va tavsifi ilova qilinadi, ular boʻlmasa,
deklaratsiya rad etiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir
ish kuni beriladi.
Hujjatlarni
soxtalashtirish, notoʻgʻri ma’lumotni takroran taqdim etish, bojxonani xabardor
qilmasdan kvotadan foydalanmaslik kabi qoʻpol buzilishlar uchun talabgor 12
oygacha kvotalar taqsimotida ishtirok etishdan cheklanishi mumkin. Tugatish
yoki bankrotlik jarayoni boshlangan talabgorlarga kvotalar ajratilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasida e’lon qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga
rasman a’zo boʻlgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ilxam Ibragimov
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
19 11 2026 / 11:39