O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-165-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1.
Quyidagilarga:
hududlar
rahbarlari, neft, gaz, energetika, yo‘l infratuzilmasi, avtomobil sanoati,
temir yo‘lda tashish sohalaridagi korxonalar
rahbarlariga – innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar, innovatsion
texnologiyalar, rasmiylashtirilgan ixtirolar soni pastligi, mahalliy
ishlanmalarning tijoratlashtirmaganligi, sohalarga innovatsion texnologiyalarni
keng joriy qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani, ilmiy tashkilotlar bilan
uzviy hamkorlikni o‘rnatilmaganligi, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratilmaganligi;
oliy
ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar rahbarlariga – ilmiy
faoliyatga oid davlat dasturlarida grant loyihalarining ulushi pastligi,
ularning tijoratlashtirish jamg‘armalariga mablag‘ ajratilmayotganligi, ilmiy
loyihalar bo‘yicha patentlar olinmaganligi, xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar
chop etilmaganligi, ilmiy kadrlarni tayyorlash jarayoni past darajada tashkil qilinganligi,
tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sohasi yetarli darajada rivojlanmaganligi
ko‘rsatib o‘tilsin.
2.
Quyidagilar:
a) 2022-2026 yillarda
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023
yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda
– “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
b) 2022-2023
yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap
loyihalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
v) tarmoqlar
bo‘yicha:
2022-2023
yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan
aniq ustuvor loyihalar ro‘yxati 3-ilovaga
muvofiq;
2023-2026
yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion
loyihalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
iqtisodiyot
tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar
asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023-2026 yillarga
mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga
muvofiq;
g) ilmiy
va oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha:
2022-2023
yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni
yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 6-ilovaga muvofiq;
2023-2026
yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan “drayver”
innovatsion loyihalar ro‘yxati 6a-ilovaga
muvofiq;
2022-2024
yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarida ilmiy tashkilotlar
huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar)
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar
ro‘yxati 6b-ilovaga muvofiq;
2022-2023
yillarda oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni
yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 7-ilovaga muvofiq;
2023-2026
yillarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver”
innovatsion loyihalar ro‘yxati 7a-ilovaga
muvofiq;
2022-2024
yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarida oliy ta’lim
muassasalari huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va
xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalar
ro‘yxati 7b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Innovatsion
rivojlanish vazirligi 2023 yil 1 декabрga qadar 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
innovatsion rivojlanish strategiyasida erishilgan natijalar va maqsadli
ko‘rsatkichlar hamda tegishli davr uchun iqtisodiyotni innovatsion
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur Strategiyani
amalga oshirish yuzasidan kelgusi ikki yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni
tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining sifatli ishlab
chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin.
3. Mazkur
qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan tarmoq tashkilotlari Innovatsion rivojlanish
vazirligi bilan kelishilgan holda ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar
ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023-2026
yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq har yili
ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalari” asosida o‘z mablag‘lari hisobidan ilmiy
hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etsin.
4. 2022-2024
yillarda istiqbolli yo‘nalishlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan
tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va
xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion
(spin-off) korxonalar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, yangi
innovatsion korxonalar:
iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
jarayonlarida resurslarni maqbullashtirgan holda talab yuqori bo‘lgan va
istiqbolli innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida tashkil
etilayotgan ilmiy hajmdor korxonalar hisoblanadi;
faoliyati
davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar hamkorligida davlat ilmiy dasturlari doirasida, mahalliy byudjet va
tadbirkorlik sub’ektlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Innovatsion
rivojlanish vazirligi har yili ilmiy hajmdor mahsulot (xizmatlar) ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalarda raqobatbardosh yangi
mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish loyihalariga davlat
ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizi yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
yangi innovatsion korxonalarning tashkil etilayotgan hududidan qat’i nazar o‘z
faoliyatini barcha hududlarda amalga oshirishiga hamda mijozlar bazasini
kengaytirishiga ko‘maklashsin.
5.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi 1,95 ga
yer maydonida Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki binosi jihozlangan
holda qurib bitkazilganligi hamda uning negizida Innovatsion rivojlanish
vazirligi muassisligida “Inno texnopark” MCHJ tashkil
etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Innovatsion
rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini
boshqarish agentligining “Inno texnopark” MCHJni “Yıldız Teknoloji Geliştirme
Bölgesi Teknopark A.Ş.” tashkilotining O‘zbekistondagi ishonchli vakili
(keyingi o‘rinlarda – ishonchli vakil) ishonchli boshqaruviga berish
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
a) “Inno
texnopark” MCHJ ishonchli boshqaruvga besh yilдaн ko‘p
bo‘lmagan muddatga beriladi;
b) kelishuvlarga
ko‘ra ishonchli vakilga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
mavjud
infratuzilmani boshqarish va texnopark rezidentlariga xizmat ko‘rsatish;
texnopark
rezidentlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirish hamda intellektual va
sanoat mulkini boshqarishda ko‘maklashish;
marketing,
reklama va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
xorijiy
davlatlardan texnologiyalar transferiga ko‘maklashish hamda investitsiya
jamg‘armalarini va venchur kapitallarini jalb qilish;
texnopark
rezidentlari mahsulotining xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok
etishini ta’minlash;
v) texnopark
loyihalarini amalga oshirish natijasida rezidentlarning barcha olgan
ruxsatnomalari, patentlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalari,
texnologiyalari, xizmatlari va tahliliy ma’lumotlari Innovatsion rivojlanish
vazirligi mulki hisoblanadi.
Belgilansinki:
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga
aylantirilayotgan tumanlarda innovatsion, startap, tijoratlashtirishga
tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
loyihalar ro‘yxatiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati
qaroriga muvofiq davlat ilmiy dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan
mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
“Inno texnopark”
MCHJ tasarrufidagi o‘quv-ilmiy laboratoriya asbob-uskunalaridan tegishlicha
talabalar va doktorantlar bepul foydalanadi.
6. “Inno texnopark”
MCHJ va uning rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari
sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son farmonining 5-bandi bilan IT-park
rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan
tashqari) va preferensiyalar 2022 yil 1 avgustdan boshlab tatbiq
etilsin.
“Yashnobod” innovatsiya
texnoparki rezidentlari uchun 2022 yil 1 avgustdan boshlab 2025 yil 1
avgustga qadar aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib
belgilansin.
Bosh vazir o‘rinbosari
S.Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Inno texnopark” MCHJ va “Yashnobod”
innovatsiya texnoparkiga rezidentlikka qabul qilishning
yangilangan tartibini tasdiqlasin.
7.
Quyidagilarga:
a) Bosh
vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakov zimmasiga:
mazkur qarorning o‘z vaqtida,
to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish
yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali
tashkil qilish hamda muvofiqlashtirish;
innovatsiya masalalari bo‘yicha
rahbar o‘rinbosarlari faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni
rag‘batlantirish yoki intizomiy, shu jumladan, egallab turgan lavozimidan ozod
qilishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni ko‘rish, zarur hollarda,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish;
b) innovatsion
rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov zimmasiga vazirlik va idoralar,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, ustav
fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning
innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha faoliyatini idoralararo
muvofiqlashtirish, ularning faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish holatini
baholash hamda muntazam ravishda innovatsiya masalalari bo‘yicha rahbar
o‘rinbosarlarining hisobotlarini eshitish va ularga tashkiliy-metodik yordam
ko‘rsatish;
v) Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari,
mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xo‘jalik
birlashmalari rahbarlari zimmasiga – mazkur qarorda nazarda
tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish asosida
tegishli hududda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan
loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, har chorak yakunidan so‘ng keyingi
oyning 5-sanasiga qadar ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlar
ijrosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobot
taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 19 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish
to‘g‘risida”gi PQ-3674-son qaroriga 9-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va
o‘zgartirish kiritilsin.
9. Innovatsion rivojlanish
vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy
muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosini
samarali tashkil qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakov hamda
innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov zimmasiga
yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
natijadorligi yuzasidan 2023 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.MIRZIYOEV
Toshkent
shahri, 2022 yil 6 iyul
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
07 07 2022 / 12:06