Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Xurmatli fermerlar!


Ulashing :


Vazirlar Mahkamasida 2022 yil 1 avgustda o'tkazilgan yig'ilishda (189-son bayon
18-band) Moliya vazirligi, qishloq xo'jaligi vazirligi, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi, Markaziy banki 2023 yil hosilidan boshlab g'alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar to'g'ridan-to'g'ri er uchastkasiga egalik huquqi bo'lgan fermer xo'jaliklari, g'allachilik klasterlari
va urug'chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug'chilik xo'jaliklariga yo'naltirilishi belgilandi.
Bunda, fermer xo'jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan g'allachilik klasterlari va kooperasiyalariga imtiyozli kredit ajratilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Vazirlar Mahkamasi bayonnomasidagi 18-band qaerga yo'qoldi?"mazmunida xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabarlarga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati mas'ul xodimi B.Hidoyatov aniqlik kiritib, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi
189-sonli yig'ilish bayonining 18-bandi texnik xato sifatida tushib qolganligi, bayonning ushbu bandi o'z kuchida turganligi, amaldagi tartib bo'yicha g'allachilik yo'nalishdagi fermer xo'jaliklarini moliyalashtirish qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan imtiyozli kreditlar shaklida tijorat banklari orqali to'g'ridan-to'g'ri ajratilishi belgilanganligi bildirilgan.
Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda g'alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni olishdan ixtiyoriy voz kechish va Klaster korxonalariga o'tkazib berish haqida mahalliy hokimliklarning topshirig'iga asosan fermerlardan majburiy ariza va bildirishnoma yozdirib olinayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Fermerlar diqqatiga,
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi 189-sonli yig'ilish bayonining
18-bandi o'z kuchida, 2023 yil hosili g'alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlardan voz kechish
va Klaster korxonalariga o'tkazib berish haqida mahalliy hokimliklarning topshirig'iga asosan majburiy ariza va bildirishnomalarga imzo qo'ymasligingizni so'rayman.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan 2022 yil 27 avgust kuni "Agrobank" ATBga bank filiallari tomonidan g'allachilik fermer xo'jaliklariga imtiyozli kreditlarni olishiga imkoniyat yaratib berish yuzasidan xat kiritildi.

O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining yuridik xizmati (tel: +998 90 814 97 77 Sanjar Isaev)



Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

16 09 2022 / 11:45