Markaz “noukasting” yondashuviga asoslangan istiqbol modelidan 2021 yildan beri foydalanib keladi va Yalpi ichki mahsulotning choraklik ko‘rsatkichlarida aniqlab bo‘lmaydigan alohida jihatlarini ochib berishga imkon beradi.
Ma’lum bo‘ldiki, joriy yil uchinchi choragida haftalik YAIM dinamikasining o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Bunday holat joriy yilning ikkinchi choragida ham kuzatilgandi. 2022 yil 3- va 4- choraklarida o‘sish tendensiyasining ortib borishi 1-yarim yillik ko‘rsatkichlariga nisbatan yillik hisobda YAIMning kamida 0,75 foizga oshishiga olib kelishi kutilmoqda.
1-chorakdagi sezilarli pasayishdan keyin iqtisodiyotning tiklanishi tashqi savdo aylanmasi hajmining o‘sishi, xizmat ko‘rsatish sohasida ishbilarmonlik faolligi va davlat yordamining oshganligi bilan bog‘liq. Xususan, tovar va xizmatlar tashqi savdo aylanmasi avgust va sentyabr oylarida mos ravishda 14 foiz va 12 foizga oshdi. Xizmat ko‘rsatish sohasida ham faollik sezilarli darajada o‘sgan, bu “biznes va sanoat” (14,5%ga o‘sish) va “dam olish va hordiq” (9,7%) kabi toifalar bo‘yicha internet so‘rovlari ko‘payganida aks etmoqda.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, 3-chorak yakuni bo‘yicha YAIM o‘sish prognozi 5,81 foizni tashkil etmoqda (prognoz diapazoni 5,78-5,83 darajasida belgilandi). Shu bilan birga, markaz prognoziga ko‘ra, qisqa muddatda iqtisodiy o‘sishda sezilarli tebranishlar kutilmayapti, chunki fundamental iqtisodiy omillar barqarorligicha qolmoqda.
4-chorakda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari 2022 yilning 3-choragi darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda. Joriy yil avgust oyida shu yil uchun markaz tomonidan e’lon qilingan avvalgi YAIM o‘sishi prognozi 5,77 foiz edi.
O‘zA
Sarlavxa :
Strategiya va davlat dasturlari
20 10 2022 / 14:04