O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan “Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida” amaliy qo‘llanmasi nashr etilgani tadbirkorlar uchun shunday imkoniyatni tuhfa etdi.
Qo‘llanma tadbirkorlarning haq-huquqlari tartibga solingan qonun hujjatlari to‘plami emas. Unda asosiy e’tibor o‘sha haq-huquqlardan qanday foydalanish va ularning tartiblariga qaratilgan.
Qo‘llanmada sudlarga da’vo arizasi yoki ariza bilan murojaat qilish, turli iltimosnomalar kiritish, nizolarni hal etishda ishtirok etish hamda sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi oddiy va sodda tilda bayon qilingan. Shuningdek, unda barcha iqtisodiy sudlar manzillarigacha bor.
Muxtasar aytganda, ushbu qo‘llanmani tadbirkorlar uchun “tilsiz advokat”, deyish mumkin.
“Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida” kitobining taqdimotida soha vakillarining taklif va iltimoslaridan kelib chiqib, qo‘llanmaning elektron varianti ham yaratildi va kengashning rasmiy saytiga joylashtirildi.
O‘zA
Sarlavxa :
Qonunlar
10 11 2022 / 14:36