Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agrosubsidiya” axborot tizimi xizmatlarini kengaytirish, ushbu tizim orqali davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan subsidiyalash xizmatlari o‘z vaqtida ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat olib boradi va mazkur tizim bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi “Agrosubsidiya” axborot tizimining operatori bo‘lib, unga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:
“Agrosubsidiya” axborot tizimiga kirish va tizimda ishlashda undan foydalanuvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
“Agrosubsidiya” axborot tizimida ma’lumotlar bilan almashish uchun Moliya vazirligining Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi (subsidiya.mf.uz) va “UzASBO” dasturiy majmuasi hamda boshqa davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyalashuvini amalga oshirish;
“Agrosubsidiya” axborot tizimi yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va subsidiya olishga talabgorlarning subsidiya berish to‘g‘risidagi arizalari vakolatli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ijroga yo‘naltirilishini avtomatlashtirish;
“Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi sohasida berilayotgan subsidiya to‘g‘risida ochiq va shaffof statistika ma’lumotlarini hamda ularning yagona elektron arxivini shakllantirish.
Shuningdek, “Agrosubsidiya” axborot tizimidan foydalanish tartibi, tizim operatori, tizimdan foydalanuvchi talabgorlar hamda mas’ul tashkilotlarning majburiyatlari va huquqlari;
talabgorlar tomonidan subsidiya ajratilishi belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kirish va subsidiya olish uchun axborot tizimi orqali ariza yuborish tartibi;
subsidiya ajratilishi belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlardan tushgan arizalarning vakolatli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan ko‘rib chiqilishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ariza bo‘yicha xulosa berish tartibi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” to‘g‘risidagi Nizom bilan tasdiqlangan.
Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali қишлоқ xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida subsidiya ajratib boradi.
2022 yil 20 декабрдан boshlab talabgorlar tomonidan paxta, don va dukkakli, sabzavot, kartoshka, poliz, moyli va ozuqabop ekinlar, dorivor o‘simliklar va xo‘raki uzum mahsulotlarini yetishtirishda, mevali bog‘lar barpo qilishda hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Talabgorlarning subsidiya olish uchun taqdim etgan arizalari subsidiya berish yo‘nalishlariga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman, viloyat va respublika ishchi guruhlari tomonidan “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi, ko‘rib chiqiladi va ijroga yo‘naltiriladi.
Talabgorlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.egov.uz) orqali amalga oshiriladi.
O‘zA
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
19 12 2022 / 15:02