Ekspertlar kuzatishicha, mamlakat 2017 yilda xarid qobiliyati bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallab, aholi jon boshiga nominal yalpi ichki mahsuloti 93 ming AQSH dollariga to‘g‘ri keldi – bu moliyaviy baholanish Qatar va Lyuksemburgdan keyin Singapur iqtisodiyoti uchinchi o‘rinda ekanini ko‘rsatadi. Jumladan, 2016 yildan buyon YAIM kishi boshiga 4,8 yoki 5,38 foizga o‘sdi. Aholisining 3 foizi yirik sarmoyadorlar hisoblanadi.
Jahon iqtisodchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan Singapur iqtisodiyoti 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 4,1 foizga o‘sgan, prognoz esa 4,4 ko‘zda tutilgan bo‘lgan.
Xo‘sh, hammada Singapur bu iqtisodiy natijalarga bor-yo‘g‘i bir necha o‘n yillikda qanday erishdi, degan savol tug‘iladi. Buning formulasi juda sodda. bugungi kunda Singapur to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha modernizatsiya qilingan, xususan, investitsiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish vektorini belgilovchi iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy modernizatsiya, korrupsiyaga qarshi samarali kurash va siyosiy barqarorlikni ta’minlash kabi prinsipial boshqaruvlarga asoslangan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 16−17 yanvar kunlari Singapurga rasmiy tashrifi iqtisodiy jihatdan industrial rivojlanib borayotgan Yangi O‘zbekistonning bugungi anomal obi-havo sharoitida duch kelgan ijtimoiy muammolari oqibatini bartaraf etish, bunday holatlarning institutsional oldini olish uchun amalga oshirilgan katta tashabbuslaridan biri bo‘ldi.
Davlat rahbarining anomal sovuq muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishidan keyin favqulodda Singapurga borishi, tashrif chog‘ida kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratgani fikrimiz dalilidir.
Xususan, oliy darajadagi tashrifda 8 ta hujjat imzolanib, 6 yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot-texnologiyalari sohalarida davlat boshqaruvi va malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan muzokaralar o‘z natijasini beradi.
Ikki davlat o‘rtasida olib borilgan diplomatik muzokaralarda O‘zbekiston-Singapur ta’lim sohasida faol integratsiyalashayotgani, jumladan, Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Singapur texnologiyalar, menejment va kommunikatsiyalar akademiyasining yangi bosqichdagi chora-tadbirlarini belgilab berdi, deb ayta olamiz. O‘zaro samarali hamkorlikni yanada jadallashtirish jarayonida xalqaro tajriba almashish, boshqaruvning sinalgan, innovatsion jihatlari muhokama qilingani, jadal islohotlarimizga katta kuch bag‘ishlaydi.
Ta’kidlash joizki, ikki mamlakat so‘nggi olti yilda tovar ayirboshlashni ikki barobarga, sanoat ishlab chiqarish sohalarida ob’ektlar sonini 4 baravar oshirishga erishilgani qayd etilmoqda. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikning izchil yo‘lga qo‘yilishi sababli Singapurning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi yurtimiz iqtisodiyotiga 700 million dollar miqdorida kirib kelgani hamkorlikning katta tarixi yaratilganini bildiradi.
Mazkur tashrifda guvohmizki, mamlakatimizni globallashuv va demografik o‘sish sharoitida ta’lim-fan, ijtimoiy-iqtisodiy, energetika va ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalari nuqtai nazaridan jadal diversifikatsiya qilish maqsadida Singapur-O‘zbekiston tomonlarining o‘zaro hamkorligi yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Boisi, aniq maqsadlar sari odimlashda olti yo‘nalish belgilab olindi.
Binobarin, inson kapitalini rivojlantirish va yirik korxonalarini xususiylashtirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilishni institutsional boshqarish, bugun dolzarb bo‘lgan IPOga chiqarish va jozibador investitsiyalarni optimal boshqarishda Investitsiya jamg‘armasini tuzish zarurligi taklifi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston o‘zining barcha ulkan dasturlarida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, yashil iqtisodiyotga o‘tish va «yashil makon» kabi xalqaro loyihalarda o‘z tashabbuslari bilan faollik ko‘rsatib kelmoqda.
Jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMT minbarlarida uzoqni ko‘zlagan holda ish olib bormoqda. Mazkur yo‘nalishlarda ham «yashil» texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish, Singapurning jadal raqamlashtirish, shaharsozlik va kommuni-katsiyalarni takomillashtirish jabhalaridagi tajribalarini yanada keng qo‘llash belgilab olindi.
Yo‘nalishlarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, investitsiyalar va savdo hajmini yanada kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarda Ustav kapitali 500 million dollarga teng O‘zbekiston-Singapur investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Muxtasar aytganda, tashqi iqtisodiy-siyosiy hamkorlikda ikki mamlakat to‘plangan tajribalar asosida tinchlik-barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yanada takomillashtirish, millatlararo birdamlikni qo‘llab-quvvatlash va noaniq axborot xurujlariga qarshi IT sohasi yordamida kurashish to‘g‘risida muhim hujjatlar imzolandi.
Prezidentimizning Singapurga qisqartirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-fan sohalarini jahon standartlari asosida aniq va samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan rasmiy tashrifi – barchamiz uchun davlatimiz rivoji yo‘lida ham o‘rnak, ham mas’uliyat yuklaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
Sarlavxa :
Qonunlar
19 01 2023 / 12:52