YOSHLARNING TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH
VA BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH, ULARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH HAMDA BO‘SH VAQTINI
MAZMUNLI TASHKIL ETISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya
va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun
qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi
bosqichga olib chiqish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish,
ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha quyidagi tartib joriy qilinsin, unga
muvofiq:
a) 2021-yil 1-maydan boshlab:
2023-yil 1-yanvarga qadar ish
beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi
(kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar
bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy
soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq
summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga
oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga
tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan
asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash
miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari”
jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz
yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga
olishda ijara to‘lovlaridan 1-ilovaga muvofiq imtiyozlar
taqdim etiladi;
b) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh
tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy
hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdori “Yoshlar daftari”
jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
professional ta’lim tashkilotlarida tahsil
olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki
xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p
bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har
oylik subsidiya ajratiladi.
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki
hafta muddatda o‘zi, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlari yoki eri
(xotini) professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun
yo‘naltiriladigan soliq to‘lovchining ish haqi va boshqa daromadlari summasini
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda
tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilansinki, yoshlarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda
ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida
o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga
kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan)
xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi. Bunda, iste’mol kreditlari bo‘yicha
foiz to‘lovlari Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan
mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning
xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida
o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash
miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy
sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari
Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan
kompensatsiya qilinadi;
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari
hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish
xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat budjetidan Yoshlar ishlari
agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga
qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar
daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
bo‘lgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan
Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya
qilinadi;
b) 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona
bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga
tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim
muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara
to‘lovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda
— bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi
birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol
talabalar uchun qoplab beriladi;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan
ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida
yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab
berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
5. AT “Xalq banki”ning hududlarda
xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni biznesga tayyorlash,
maslahat berish va bandligini ta’minlash maqsadida “Yuz ming tadbirkor
xotin-qizlar” loyihasini amalga oshirish hamda loyiha doirasida quyidagilar
to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
salohiyati, ixtisoslashuvi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib, qiymati 33
million so‘mgacha bo‘lgan tayyor biznes-rejalar bankini yaratish;
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarning
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, mos yo‘nalishlar bo‘yicha (oshpazlik,
qandolatchilik, sartaroshlik va boshqalar) malakali mutaxassislar ishtirokida
mahorat darslari va o‘quv treninglarni tashkil etish.
6. Yoshlar ishlari agentligida yuridik
shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi tashkil etilsin va uning daromadlarini shakllantirish manbalari
etib quyidagilar belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi korxona,
muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya
institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha bo‘sh turgan
mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan
daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlansin.
7. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yilda:
mazkur Farmonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni
moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan qo‘shimcha
ravishda 100 mlrd so‘m;
oliy ta’lim muassasalari talabalari turar joy oylik ijara to‘lovining bir
qismini qoplash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida
oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning hisob-kitoblariga
muvofiq Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratsin hamda kelgusi
yil budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin.
8. Belgilansinki, 2021-yil 1-maydan boshlab:
dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni sektor,
klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi
joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari
tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer
uchastkalarini o‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerlar
hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va
boshqa masalalarda yordam ko‘rsatiladi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar
daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. G‘aniyev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z.
Sa’dullayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashi (A.A. Xaitov) bir hafta muddatda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish
uchun subsidiya olishga ehtiyoji bor yoshlarning ro‘yxatini shakllantirsin va
ularga subsidiya ajratish choralarini ko‘rsin.
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z.
Sa’dullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi (Sh.M. Sadikov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat budjetidan
to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning
oshkoraligini ta’minlash, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining
oldini olish, fuqarolarga yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida bevosita mas’ul
mansabdor shaxslarga xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida maxsus
elektron platformani ishlab chiqsin hamda uning lozim darajada va uzluksiz
ishlashi uchun zarur choralarni ko‘rsin.
10. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) 2021-yil 1-iyundan boshlab
yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi va bilimlarini oshirishga oid
sifatli ko‘rsatuv va kitoblar yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan reytingi yuqori deb baholangan
respublika miqyosidagi 3 ta telekanaldan tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan
paytni inobatga olib, efir vaqtini sotib olish;
biznes yuritish va unda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari bo‘yicha sifatli
videomahsulotlarning shartnoma asosida tayyorlanishini ta’minlash hamda ularni
sotib olingan efir vaqtida namoyish etish;
yoshlarga amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish uchun biznes yuritish va
unda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, tadbirkorlik faoliyati davomida yaxshi
natijalarga erishish yo‘lidagi yutuq va xavf-xatarlar haqida ommabop kitoblarni
nashr etishni tashkil qilsin.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan tadbirlar Yoshlar ishlari
agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari
bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
11. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) “O‘zbekiston uchun 100 ta
g‘oya” loyihasini tashkil etish va o‘tkazish hamda loyiha doirasida Yoshlar
ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining beshta tashabbus loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkilotiga —
birinchi bosqichda 1 mlrd so‘m mablag‘larni ikki hafta muddatda, keyingi
bosqichlarda loyihaning smeta hujjatlariga ko‘ra, bajarilgan ishlar hajmidan
kelib chiqib moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
12. 2021-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) davlat oliy ta’lim muassasalariga 10 tagacha mahalla fuqarolar
yig‘inlari biriktiriladi;
b) davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan:
biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashaydigan uyushmagan
yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, shu jumladan ularni xorijiy
tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to‘garaklariga
jalb qilish choralari ko‘riladi;
talabalar yotoqxonalarida, madaniyat markazlarida va mahalla fuqarolar
yig‘inlarida yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etish, ochiq
davra suhbatlari va madaniy tadbirlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilinadi.
13. Quyidagilar:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan
birgalikda bir hafta muddatda respublikaning barcha tuman (shahar)larida
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib
chiqib, 2021-yilda Davlat budjetining qo‘shimcha xarajatlarini hamda daromad
yo‘qotishlarini qoplash maqsadida mos miqdorda Davlat budjeti xarajatlarini
maqbullashtirish va qo‘shimcha daromadlar manbalari bo‘yicha aniq takliflarni
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Turizm va sport vazirligi
(A.A. Abduxakimov) yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
“Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq filiallarini tashkil etish,
markazlarda zamonaviy to‘garaklarni ochish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan
jihozlash;
malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
sport zallari va maydonlarida to‘garaklar ochish;
yozgi ta’til davrida yoshlar o‘rtasida mahallalar, sektorlar va tumanlar
miqyosida sport hamda harbiy vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish
choralarini ko‘rsin.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan tadbirlar mahalliy budjet
mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan amalga oshiriladi.
15. 2021-yilning yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida eksperiment
tariqasida madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda musiqa fani
o‘qituvchilariga quyidagilarni nazarda tutgan holda uy sharoitida yoshlar uchun
musiqa to‘garaklarini tashkil etishga ruxsat berilsin:
ushbu to‘garaklarni tashkil etgan shaxslar madaniyat markazlari tomonidan
nota, musiqaga oid adabiyotlar bilan ta’minlanadi hamda ularga tashkiliy va
uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatiladi;
to‘garaklarda ta’lim olganlik uchun to‘lov mahalliy budjet mablag‘lari va
o‘quvchilar tomonidan to‘lanadi.
Bunda, to‘garaklar tashkil etgan shaxslarning ish haqi to‘lovlari madaniyat
markazlari uchun belgilangan miqdorlardagi badal to‘lovlari va yetmagan qismida
mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan to‘lab beriladi.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z.T.
Mirzayev) bilan birgalikda ushbu tajribaning Qashqadaryo viloyatida amalga
oshirilishini tashkil etsin hamda uning samaradorligidan kelib chiqib
respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish bo‘yicha 2021-yil 31-dekabrga
qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z.
Sa’dullayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrining jinoyatchilik
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan tuman va mahallalarida yoshlar bilan ishlashning
“namunali tajriba”sini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin. Bunda,
quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
tarbiyasi og‘ir yoshlarni aniqlash, ular bilan yaqindan ishlash, ijtimoiy
moslashuviga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasini tashkil etish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila farzandlari, nazoratsiz va
qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga moyilligi
bo‘lgan va profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash;
yoshlar bilan individual ishlash, tashabbuskor va islohotlarni amalga
oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Yoshlar ishlari agentligi (A.Z.
Sa’dullayev) “namunali tajriba” natijalaridan kelib chiqib uning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining qolgan barcha
tumanlarida tatbiq etilishini tashkil etsin.
17. Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish va bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar
rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari chora-tadbirlar rejasida
belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan
mas’ul ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
18. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu
Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy
javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev, bandlik va
mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov
belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul
idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va B.A. Musayev zimmasiga
yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida
2021-yilning 1-sentabr va 31-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-aprel,
PF-6208-son
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
1-ILOVA
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan
ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini
ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar
RO‘YXATI*
|
“Yoshlar daftari”ga
kiritilgan ishchilar soni |
Davlat mulki obyektining
imtiyoz qo‘llaniladigan eng ko‘p maydoni |
|||
|
Toshkent shahar (kv. m) |
Nukus shahar va viloyat
markazlari (kv. m) |
Tuman markazlari (kv. m) |
Boshqa hududlar (kv. m) |
|
|
I. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni
ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara to‘lovlarini 50
foiz miqdorida to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha |
||||
|
5 ta |
60 |
80 |
100 |
120 |
|
6 dan — 9 gacha |
100 |
120 |
140 |
160 |
|
10 dan — 19 gacha |
200 |
240 |
280 |
300 |
|
20 va undan ortiq |
250 |
280 |
300 |
320 |
|
II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan
va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
yoshlar bo‘lgan, davlat mulki obyektlari uchun ijara haqi to‘lovidan 5 yilga
ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha** |
||||
|
10 gacha |
100 |
120 |
140 |
160 |
|
10 dan — 19 gacha |
140 |
160 |
180 |
200 |
|
20 dan — 29 gacha |
180 |
200 |
220 |
240 |
|
30 va undan ortiq |
220 |
240 |
260 |
280 |
Izohlar:
1. Mazkur ilovada nazarda tutilgan
imtiyozlar koeffitsiyenti Toshkent shahar, Nukus shahar va viloyat markazlari
hamda boshqa hududlar bo‘yicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng
yuqori bo‘lgan obyektlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi oqibatida mazkur ilovada
belgilangan me’yor buzilgan taqdirda, joriy oyning keyingi oyidan boshlab
belgilangan me’yorga muvofiq imtiyoz qo‘llaniladi yoki bekor qilinadi.
3. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat
yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga
kiritilgan yoshlar bo‘lgan bir nechta yosh tadbirkorlik subyektlari bitta
davlat mulkini ijaraga olish istagini bildirgan taqdirda, imtiyoz xodimlar
umumiy soni tarkibida “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar soni ko‘p bo‘lgan
tadbirkorlik subyektiga beriladi.
* Mazkur ilovada nazarda tutilgan
imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara to‘lovlaridan imtiyozga ega
bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari
ushbu ro‘yxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu ro‘yxatda belgilangan maydonga
nisbatan:
kam maydondan foydalanganda, haqiqatda foydalangan maydonga nisbatan
imtiyoz qo‘llaniladi;
ko‘p maydonidan foydalanganda, imtiyoz faqat belgilangan maydon uchun
qo‘llaniladi.
** Istisno tariqasida elektron savdolarini o‘tkazmasdan ijaraga beriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
2-ILOVA
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy
qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va bandligiga
ko‘maklashishga qaratilgan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul vazirlik va idoralar |
|
1. |
2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet
tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat
ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular
tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi
Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berilishini joriy etish. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy
davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi
oydan boshlab qaytarishini nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Moliya
vazirligi (Ishmetov), Davlat
soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
|
2. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga
tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan
asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash
miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari”
jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratilishini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
“Yoshlar
daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va
inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara
xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25
baravarigacha bo‘lgan miqdorini “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan
kompensatsiya qilish tizimini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Davlat
aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Professional
ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot
o‘tgan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim
tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash
miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratish tizimini
joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov) |
|
5. |
“Bir million dasturchi” lo�ihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli
tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash
miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari
ajratish (foiz to‘lovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga
ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimini yo‘lga
qo‘yish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), AT “Xalq
banki” (Salamov), AT “Aloqa
bank” (Irisbekova), “Mikrokreditbank”
ATB (Bo‘tayev) |
|
6. |
“Yoshlar
daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari
bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi,
biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan
miqdori hamda ular bo‘yicha milliy s�rtifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni
topshirish xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan
ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Davlat
test markazi (Karimov), Ta’lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
7. |
“Mehribonlik”
uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning
haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 4
baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini
Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan
qoplash tizimini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Mudofaa
vazirligi (Kurbonov), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Xalq
ta’limi vazirligi (Shermatov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Xususiy
korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga
olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov
kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash
miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismini mazkur xususiy korxona va
tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan
mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
9. |
Oliy ta’lim muassasalarining
ijara huquqi asosida yashayotgan har bir talabasi tomonidan to‘lanadigan
turar joyning oylik ijara to‘lovlarini tegishli qismini qoplab berish
tizimini tashkil etish. |
Amaliy
chora-tadbirlar, zarur bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-may |
Davlat
budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa
manbalar |
Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Moliya
vazirligi (Ishmetov), Davlat
soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
|
10. |
“Yoshlar
daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari”
jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratish
tizimini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar
daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamg‘armalari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari”ni
yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tartibni belgilash. Bunda: “Yoshlar daftari”ni shakllantirish; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning
muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash; “Yoshlar daftari”dan
yoshlarni chiqarish tartibi kabi masalalarni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
- |
Vazirlar
Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
“Yoshlar daftari” elektron
platformasini yaratish va uni amaliyotga to‘liq joriy etish. Ushbu platforma orqali
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oid zarur ma’lumotlarni belgilangan
tartibda yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, uni tegishli
axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. Elektron platformadan
foydalanish joriy qilingunga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar haqida ma’lumotni
Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berish amaliyotini
vaqtincha joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyun |
Yoshlar
ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari |
Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
tegishli vazirlik va idoralar |
|
13. |
Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash. Ushbu Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishning
qo‘shimcha manbalarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
- |
Vazirlar
Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
14. |
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida repetitorlik
faoliyatini olib boradigan fuqarolarga, ushbu faoliyatni sinf xonalarida
(uydan tashqarida) ko‘rsatish huquqini berish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-avgust |
- |
Davlat
test markazi (Karimov), Ta’lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Davlat
soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
|
15. |
Ma’murjon
Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktyabr-noyabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari |
|
16. |
Yosh tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish,
hamkorlik o‘rnatish va kooperatsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida: Namangan
viloyatida “To‘qimachilik sohasi ilg‘or yosh tadbirkorlari forumi”; Buxoro
viloyatida “Turizm sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Farg‘ona
viloyatida “Qishloq xo‘jaligi sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Qashqadaryo
viloyatida “Chorvachilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Toshkent
viloyatida “Asalarichilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Toshkent
shahrida “Sanoat ishlab chiqarish sohasi yosh tadbirkorlari forumi”ni tashkil
etish va o‘tkazish choralarini ko‘rish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Ijrochilar
mablag‘lari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari |
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va
sport vazirligi (Abduxakimov), Qishloq
xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Yoshlar
ishlari agentligi (Sa’dullayev), tegishli
vazirlik va idoralar |
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari shakli o‘zgartirilishi va ular
birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
06/21/6208/0357-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
31 05 2021 / 10:52