Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 94 tasi davlat ishtirokidagi korxonalar, 40 tasi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholidan jami 64 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olingani aniqlandi. Ushbu mablag‘ni belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha qaror va ko‘rsatmalar berildi.
Prezidentimizning 2022 yil 2 noyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda “Navoiy IES” AJ, “Muborak IES” AJ hamda “Sirdaryo IES” AJlar tomonidan issiqxona xo‘jaliklariga issiqlik energiyasini yetkazib berishda “sun’iy” vositachilar orqali yetkazib berilishi oqibatida 13,2 milliard so‘m asossiz mablag‘lar undirilgani aniqlandi. Ushbu mablag‘larni issiqxona xo‘jaliklariga qaytarish bo‘yicha qaror va ko‘rsatma berildi.
bugungi kunda ushbu 64 milliard so‘m mablag‘lardan tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga 36 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Tabiiy monopoliya sub’ektlarining Davlat reyestriga kiritilgan 134 ta tabiiy monopoliya sub’ektlarining 250 turdagi ommaviy shartnomalari loyihalari tabiiy monopoliya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi. Ulardan 150 ta holatda yoki 60 foizida qonunchilik talablariga rioya qilmagani aniqlangan. Kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA
Sarlavxa :
Qonunlar
14 02 2023 / 14:12