Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

1 martdan tadbirkorlar soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

Ulashing :

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 2 fevralda qabul qilingan “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan soliq tizimida o‘zgarishlar kutilmoqda.

Xususan, tadbirkorlik sub’ektlarining 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulga qadar foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023 yil 1 martdan boshlab 1 iyulga qadar teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

O‘zA

Sarlavxa :
Qonunlar

27 02 2023 / 13:14