Adliya vazirligi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko'mak berishga mo'ljallangan "Biznesga maslahat" (b-advice.uz) interfaol axborot portali ishlab chiqilgan.
❕ Mazkur portalni yaratishda Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va yangi Zelandiya kabi ilg'or xorijiy davlatlar tajribasi o'rganilgan.
🔰 Mazkur Portal orqali quyidagi masalalar bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin:
▫️ tadbirkorlikka oid Qonunchilik hujjatlari va yangiliklar;
▫️ biznesni boshlash va yuritish tartib-taomillari;
▫️ lisenziyalash va ruxsatnoma olish tartiblari;
▫️ soliq, bank va bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bog'liq xizmatlari;
▫️ kredit va ssuda olish tartiblari.
📲 Shuningdek, Portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyatingizni b-advice.uz portali bilan yanada rivojlantiring!
Sarlavxa :
Qonunlar
23 03 2023 / 11:00