Unga ko‘ra, davlat vakillari faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida davlat nomidan ishtirok etadigan shaxslar va kun tartibidagi oldindan kelishiladigan masalalar;
davlat ishtirokidagi korxonalar sof foydasidan dividend (ajratma) miqdorini Davaktiv agentligi bilan kelishish tartibi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan xabarnoma va hujjatlarni taqdim etish tartibi va muddatlari belgilab berilgan.
Davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari korxonalarning boshqaruv organlari yig‘ilishlarida davlat vakillari ishtirokini ta’minlashda, kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda mazkur qaror talablariga qat’iy rioya qilinishi lozim bo‘ladi.
O‘zA
Sarlavxa :
Qonunlar
17 08 2023 / 10:11