Prezident tomonidan imzolangan qonun (O'RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ay Rim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimcha kiritildi
"Ijara to'g'risida"gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:
Ijara munosabatlarining ob'ektlari bo'yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan er uchastkalari bo'yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tgan taqdirda, ushbu ob'ekt bilan birga mazkur ob'ekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo'lgan er uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o'tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.
Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auktsion orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan er uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o'tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo'yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o'tadi.
Shuningdek qonun bilan, fuqarolik kodeksi va er kodekslariga servitut to'g'risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o'zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to'lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo'shimchalar kiritildi.
Sarlavxa :
Qonunlar
13 11 2023 / 12:56