Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun subsidiya qanday olinadi? 4 ta muhim ma'lumot


Ulashing :


Qonunchilikda parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga subsidiyalar ajratish belgilangan. Bu subsidiyaning miqdori qancha? Kimlarga beriladi? Qaerga murojaat qilish kerak? Kimlar subsidiyani ololmaydi? Hudud24.uz shular haqida batafsil ma'lumot beradi.


Subsidiya kimlarga beriladi?

Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) to'laydigan parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga etishtirgan mahsulotlari uchun davlat tomonidan subsidiya beriladi.


Miqdori qancha?

Subsidiya miqdori quyidagicha:


parrandachilik xo'jaliklariga – parranda go'shtining har bir kilosi uchun 250 so'm;


chorvachilik xo'jaliklariga – go'sht uchun (mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun) 2 000 so'm hamda sutning har bir litri uchun 200 so'm;


baliqchilik ho'jaliklariga – intensiv usulda sovuq suvda etishtirilgan baliqlarning (losos, forel va osyotr) har bir kilosi uchun 500 so'm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 so'm.


Subsidiya olish uchun kimga murojaat qilish kerak?

Subsidiya olish uchun tadbirkorlar mahsulotlarni sotishdan oldin my.vetgov.uz sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.


Ariza tegishli komissiya tomonida besh ish kunida ko'rib chiqiladi va xulosa tayyorlanadi.


Xulosa veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga elektron yuboriladi.


Tadbirkor etishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so'ng Agentlik komissiya xulosasi va soliq organlari ma'lumotlariga ko'ra subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan besh ish kunida ariza beruvchiga elektron javob xati yuboradi.


Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda, subsidiya arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar tadbirkorning hisob varag'iga o'tkazib beriladi.


Subsidiya berish qaysi holatlarda rad etiladi?

Subsidiya quyidagi holatlarda rad etiladi:


– tadbirkorning QQSdan qarzdorligi bo'lganda, soliq organlarida QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tmagan taqdirda;


arizada ishonchsiz va noto'g'ri ma'lumotlar mavjudligi yoki ma'lumotlarni buzib ko'rsatish holatlari aniqlanganda.


Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish to'g'risidagi qarordan norozi bo'lganda, yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.


Dilmurod Rajaboev,


Hudud24.uz kolumnisti



Sarlavxa :
Qonunlar

13 11 2023 / 14:33