➖
Mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning bandligiga
ko‘maklashish maqsadida, Senat raisi T.Norboeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil
etiladi. Ushbu komissiya kelgusi
yil 8 martga qadar har bir hududda “favqulodda holat” rejimida ishlaydi;
➖
1 oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha alohida dastur
qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15 trln so‘m, jumladan, oilaviy
tadbirkorlik loyihalariga 6 trln so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, elchilar ayollar
tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik grantlarni jalb qiladi;
➖
Murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazishga muhtoj 2 ming nafar xotin-qiz davlat
byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan davolanadi;
➖
1 mln nafar homilador ayol hamda 1,5 mln nafar emizikli ona yod preparati, qariyb
6 mln nafar reproduktiv yoshdagi ayollar temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlanadi;
➖
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 4 ming nafar xotin-qizlarga uy-joy ajratiladi.
SHu toifadagi 3 ming nafar ayol uchun murakkab tibbiy operatsiyalar bepul o‘tkaziladi;
➖
“Qizlar akademiyasi” platformasi yaratilib, 100 ming nafar opa-singillarimizga moliyaviy,
huquqiy, psixologik, reproduktiv bilim berish yo‘lga qo‘yiladi.
Telegram
(https://t.me/segmentuz) | Instagram (https://www.instagram.com/segment.uz/) |
Facebook (https://www.facebook.com/segment.uz)
Sarlavxa :
Strategiya va davlat dasturlari
12 03 2024 / 11:56