O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2024 yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. 2024 yil 1 martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilsin. Bunda mazkur rahbarlar:
har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashib borsin;
o‘zlariga biriktirilgan yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun tegishli tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablag‘larni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yo‘naltirishga ruxsat etilsin.
Mazkur bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev) hamda yoshlar biriktirilgan vazirlik va idoralar belgilansin.
2. Yoshlarning
salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish
maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida:
2024 yil
1 martdan boshlab mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida
mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar
(“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari
va “Zakovat” intellektual o‘yinlari yuqori saviyada tashkil
etilsin;
Yoshlar
ishlari agentligi va mahalliy hokimliklar tomonidan kasblar
tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlarni o‘z hududlarida jihozlangan
ustaxonalar bilan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Yoshlar
ishlari agentligi (A.Sa’dullayev) belgilansin.
3.
Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining ekologiya,
sog‘lom turmushni targ‘ib qilish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik 100 ta
volontyorlik loyihalari bo‘yicha birinchi bosqichda bazaviy
hisoblash miqdorining 200 baravarigacha mablag‘ni tanlov asosida ajratish tartibini
joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Yoshlar
o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga
qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida:
a) oilaviy
tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40
foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilsin;
b) 2024
yil 1 iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yosh
tadbirkor” tanlovlarини o‘tkazish amaliyoti yo‘lga
qo‘yilsin:
Yoshlar
ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla – tuman – viloyat –
respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va
g‘oyalari saralanadi. Bunda, nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning
loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi;
respublika
bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash
miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli
kreditlar ajratiladi;
g‘olib
bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka
oshirishga yuboriladi.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Yoshlar
ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Savdo-sanoat palatasi (D.Vaxabov)
va O‘zbekiston nogironlar uyushmasi belgilansin.
5. 2024
yil 1 martdan boshlab “Har bir mahalladan ikki nafar
dasturchi” dasturi joriy etilsin.
Bunda,
ushbu dastur doirasida:
mahallalarda
yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot
texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib,
ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o‘qitish hamda sertifikatlar
olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlarni
Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga
kiritib borish amaliyoti joriy qilinishi;
Raqamli
texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
tomonidan maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni IT sohasida
faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga
joylashtirishga ko‘maklashish choralari ko‘rilishi
belgilansin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib O‘zbekiston
mahallalari uyushmasi (K.Kuranbayev), Yoshlar ishlari
agentligi (A.Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov)
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari belgilansin.
6. 2024
yil 1 martdan boshlab:
“Yoshlar
daftari” jamg‘armasi mablag‘larini
yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga
yo‘naltirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
yoshlarni
zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga
tushirilsin va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250
ming nafar yoshlar qamrab olinishi ta’minlansin;
yosh
xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga
o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushirilsin va
bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv
oromgohlari, stajirovkalar tashkil etilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Oila va
xotin-qizlar qo‘mitasi (O.Parpiboyeva) va Yoshlar ishlari
agentligi (A.Sa’dullayev) belgilansin.
7. Milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun yanada
qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Biznesni qo‘llab-quvvatlash
dasturi” doirasida 2024 yil yakuniga qadar:
kompleks
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2 million
aholini biznesga jalb qilish;
yangi ish
o‘rinlarini yaratish orqali 5
million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar
yaratilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Bosh
vazir o‘rinbosari – J.Qo‘chqorov belgilansin.
8. 2024
yil 1 iyuldan boshlab nufuzli xalqaro brendlar bilan
ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga:
xalqaro
standartlarni joriy etish va ekologik sertifikatlash xarajatlarini qoplab berish tartibi joriy qilinsin;
uch yil
davomida nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab
chiqariladigan mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan barcha xomashyolar mahalliylashtirish
darajasini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona
bojidan ozod etilsin;
nufuzli
xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog
kabi mutaxassislardan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berilganligi
uchun to‘lovlar undirilishi bekor qilinsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Savdo-sanoat
palatasi (D.Vaxobov) hamda Investitsiyalar, sanoat
va savdo vazirligi (L.Qudratov) belgilansin.
9. 2024
yil 1 maydan boshlab fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun yangi majburiy
to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritilsin.
10. Keng
jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston
– 2030” strategiyasini “Yoshlar
va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi
o‘rinlarda – Davlat dasturi) doirasida quyidagilar:
2024
yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejalari 1–5-ilovalarga muvofiq;
2024
yilda yo‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalari ro‘yxatlari 6–10-ilovalarga muvofiq
tasdiqlansin.
Bunda, yo‘nalishlar
kesimida 2024 yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–300-son qarori bilan
tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
11. Har
bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar
yaratish yo‘nalishi doirasida 2024 yilda:
Prezident
va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000
ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy
mashg‘ulotlar ulushi 60 foizgacha oshirilsin;
6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi
orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali
obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha profilaktik
ko‘riklar tashkil etilsin;
7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitilishi, xalqaro
imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball
olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari
qoplab berilishi ta’minlansin;
10
million nafar aholini yugurish,
futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbog‘li kurash kabi
sport turlari bo‘yicha marafon va musobaqalarni tashkil etish orqali ommaviy
sportga jalb qilish choralari ko‘rilsin;
2024
yilda Parij shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kamida 140 ta
litsenziyani qo‘lga kiritish maqsadida 15 ta olimpiya
va paraolimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent
viloyatlaridagi 14 ta sport bazasida barcha zarur sharoitlar
yaratilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib
tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Sog‘liqni
saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirligi (B.Musayev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Sport
vazirligi (A.Ikramov), O‘zbekiston Milliy olimpiya
qo‘mitasi (O.Kasimov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya
qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) belgilansin.
12.
Quyidagilar:
a) 2024/2025
o‘quv yilidan boshlab:
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadaн tumanida
(shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga
oshirilsin hamda buning doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘
ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron
doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur
tovarlarga sarflanishi belgilansin;
umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha
sertifikatsiyalash tizimi joriy etilsin. Bunda, direktorlarga
malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh
yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazilsin.
b) 2025
yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari
bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va
malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli
darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi
pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har
oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilansin;
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova) belgilansin.
13. 2024
yil 1 sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga
olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul
avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Qashqadaryo
viloyati hokimligi (M.Azimov) va Surxondaryo viloyati
hokimligi (U.Qosimov) belgilansin.
14. 2024
yil yakuniga qadar ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari,
shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan og‘ir
gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor
bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil
etilsin.
Bunda,
xospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
va faoliyatiga doimiy ko‘maklashish loyihalari
uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
tomonidan grantlar e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga
qo‘yilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
15.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov):
a) 2024
yil 1 mayga qadar:
2025
yildan boshlab katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan
kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganish;
Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova) bilan birgalikda 2026 yildan boshlab
o‘tkaziladigan maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini
iste’mol qilishning tarqalganlik hamda ularning psixologik
holatini o‘rganish bo‘yicha rejani belgilasin;
b) 2024
yil 1 dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov)
bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sog‘liqni
saqlash sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 17 tadan 24
taga yetkazsin va buning doirasida fuqarolarning onkologik, kardiologik va endokrinologik скринингdaн o‘tishi natijasi, ularni davolash uchun ajratiladigan pullar to‘g‘risida
ma’lumot olish imkoniyatini yaratsin.
16.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida:
2024
yilda nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari
va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan
ta’minlashning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinsin;
2024 yil
1 sentyabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir
vaqtning o‘zida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni
olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish,
nogironlikni belgilashda esa, nogironligi bo‘lgan shaxslarga
beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi
joriy etilsin;
2024 yil
1 dekabrdan boshlab yolg‘iz yashayotgan
hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida
eksperiment tariqasida tegishli yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar
orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Ijtimoiy
himoya milliy agentligi (M.Olloyorov) hamda Iqtisodiyot va
moliya vazirligi (O.Fozilkarimov) belgilansin.
17. Og‘ir
atletika bo‘yicha milliy sport maktabining xalqaro nufuzini oshirish
maqsadida 2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha barcha yosh toifasidagi
sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda
ularni professional tayyorgarligini tashkil etish uchun
Chirchiq shahrida Og‘ir atletika markazi tashkil etilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Sport
vazirligi (A.Ikramov), O‘zbekiston Milliy olimpiya
qo‘mitasi (O.Kasimov) belgilansin.
18. Barqaror
iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi
doirasida:
yalpi
ichki mahsulot o‘sish sur’ati 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada
bo‘lishini, investitsiyalar esa yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan
kamida 30 foiz bo‘lishini ta’minlash choralari ko‘rilsin;
iqtisodiyot
tarmoqlarida qiymati 18 milliard dollar bo‘lgan 309 ta
yirik loyihalar ishga tushirilsin;
yillik inflyatsiya darajasi 9
foizgaчa va fiskal taqchillik 4 foizgacha bo‘lishi ta’minlansin,
keyinchalik inflyatsiya va Davlat byudjeti taqchilligi ko‘rsatkichlarini
pasaytirish choralari ko‘rilsin;
iqtisodiyot
tarmoqlariga 275 trillion so‘m kredit resurslarini yo‘naltirish,
shu jumladan, 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilishi
ta’minlansin;
banklar
tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari
asosida 2–3 foiz bandga pasaytirish uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Bosh
vazir o‘rinbosari – J.Qo‘chqorov va Markaziy
bank (M.Nurmuratov) belgilansin.
19. 2024
yil 1 apreldan boshlab davlat investitsiya dasturlari doirasida
markazlashgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yirik loyihalarga sanoat
kooperatsiyasi talablari joriy etilsin.
Bunda,
loyihalar doirasida mahalliy korxonalarda zarur mahsulotlarni
o‘zlashtirish va xarid qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar ro‘yxati,
mahalliy mutaxassislarni jalb qilish rejasi va ularga
qo‘yiladigan talablar nazarda tutilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Investitsiyalar,
sanoat va savdo vazirligi (L.Qudratov) va Iqtisodiyot va
moliya vazirligi (B.Xodjayev) belgilansin.
20.
Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun qulay
sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari
salmog‘ini oshirish maqsadida:
a) 2024
yil 1 aprelga qadar:
“yashil energiya”
sertifikatlari aylanmasi bozor
tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi ta’minlansin;
xalqaro
issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi
tasdiqlansin;
b) 2024
yil 1 apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida
monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va
ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilsin;
v) 2024
yil yakuniga qadar xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent,
Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida
umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik
quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish ta’minlansin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Iqtisodiyot
va moliya vazirligi (I.Norqulov) va Energetika vazirligi (J.Mirzamaxmudov)
belgilansin.
21.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov) bir oy muddatda:
uch oydan
ortiq muddat mobaynida ochiq savdolarda sotilmagan davlat aktivlarining
boshlang‘ich bahosini 50 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytirish;
yer
uchastkalari olti oy davomida sotilmaganda to‘lovning 15 foizini uch oy
muddatda, qolgan qismini 10 yil muddatda bo‘lib to‘lash imkoniyatini
yaratish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rsin.
22. 2024
yil 1 apreldan boshlab chegara bojxona postlarida meva-sabzavot
va oziq-ovqat mahsulotlarini rasmiylashtirish bo‘yicha karantin,
sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va veterinariya sohalaridagi nazorat
funksiyalari bojxona xizmati organlariga o‘tkazilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Bojxona
qo‘mitasi (A.Mavlonov) belgilansin.
23. Davlat
ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin
oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 2024
yil 1 iyuldan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik
soliq to‘lovchilar korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) hamda ekologik,
ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati to‘g‘risida har
yili 1 iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish
amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Iqtisodiyot
va moliya vazirligi (B.Xodjayev) va Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi (A.Ortiqov) belgilansin.
24. Mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, eksport hajmini
ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
yil 20 oktyabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni
yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5262-son qarorida
nazarda tutilgan mahsulotlarga import bojxona bojining nol stavkasini
qo‘llash muddati 2027 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Iqtisodiyot
va moliya vazirligi (A.Ya.Xaydarov) va Bojxona qo‘mitasi (A.Mavlonov)
belgilansin.
25. Suv
resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi doirasida:
2024
yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar
ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish, respublikada 444
ta yashil bog‘lar barpo etish;
2024 yil
1 martga qadar suv kanallarini
rekonstruksiya qilish ishlariga Davlat byudjetidan qo‘shimcha ajratilgan 500
milliard so‘m mablag‘lar doirasida kamida 1,5 ming
kilometr yirik kanallarni betonlash ishlarini yakunlash choralari
ko‘rilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib
tegishincha Bosh vazir o‘rinbosari – A.Ramatov, Suv xo‘jaligi
vazirligi (Sh.Xamrayev), Hisob palatasi (A.Boboyev) va Iqtisodiyot
va moliya vazirligi (I.Norqulov) belgilansin.
26.
Mamlakatimizda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy
oqibatlarini yumshatish doirasida:
a) 2024
yil 1 martdan boshlab:
hududlarda chang
bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda
dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda
aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas
yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning
ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni
zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish
amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
o‘lchami
500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini
bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilsin;
Toshkent
shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan
yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining
harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlansin. Bunda,
ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish
va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga
tatbiq etilmasligi belgilansin;
b) 2030
yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar
markazlarida “YeVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq
bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklansin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib
tegishincha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi (A.Abduxakimov), Sog‘liqni saqlash
vazirligi (A.Xudayarov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi
vazirligi (B.Zakirov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov)
va Transport vazirligi (I.Maxkamov) belgilansin.
27. Keng
jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi
gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish uchun Toshkent
shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar
harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam
xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik
loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Bunda,
binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy
ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat
transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib borsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A.Abduxakimov), Transport
vazirligi (I.Maxkamov) va Toshkent shahar hokimligi (Sh.Umurzakov)
belgilansin.
28. Qonun
ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish
yo‘nalishi doirasida 2024 yil 1 mayga qadar:
adashgan
yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish, ularning hayotda
o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida Yoshlar ittifoqi
kafilligi asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod
qilingan yoshlarni probatsiya hisobidan chiqarish amaliyoti joriy
etilsin va ularni profilaktik hisobga olish asoslari keskin
qisqartirilsin;
yo‘l
harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va
xabarnomalar bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati
yaratilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Ichki
ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)
va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov)
belgilansin.
29. Mahallani
jamoatchilik va davlat organlari o‘rtasidagi tayanch bo‘g‘inga aylantirish maqsadida:
2024 yil
1 apreldan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasidagi
loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish
sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul
qilish tartibi joriy etilsin;
2024 yil
1 avgustga qadar fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlariga “Tashabbusli byudjet” doirasida amalga
oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va
tashkilotlaridan ma’lumotlar olish, mablag‘larning o‘z vaqtida
va to‘liq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik
tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Iqtisodiyot
va moliya vazirligi (A.Ya.Xaydarov) va O‘zbekiston
mahallalari uyushmasi (K.Kuranbayev) belgilansin.
30.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari
hamda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar bo‘yicha moliyaviy
hujjatlarga asoslangan yillik va yarim yillik hisobotlarni aholi
e’tiboriga tushunish uchun oson usulda o‘z rasmiy veb-saytida e’lon
qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
31. “Xavfsiz
va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi
bo‘yicha Qurolli Kuchlar, sohaga mas’ul boshqa vazirlik va idoralarning
kiberxavfsizlik hamda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha
salohiyatini keskin oshirish maqsadida:
kiberxavfsizlik
infratuzilmasining muhim elementlari hisoblanuvchi axborot tizimlari
attestatsiyasi va ekspertizasi uchun har bir vazirlik
va idorada mas’ul shaxslar javobgarligi belgilansin;
mazkur
yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish
metodikalarini zamonaviy tahdid va tajribadan kelib chiqqan
holda takomillashtirish choralari ko‘rib borilsin;
mamlakatimizning raqamli
va harbiy-tibbiy infratuzilmasini takomillashtirish, mas’ul
idoralarni zamonaviy texnika va tibbiyot apparaturalari bilan
bosqichma-bosqich ta’minlash dasturi amalga oshirilsin;
fuqarolar shaxsiy
ma’lumotlarining himoyasini kafolatli ta’minlash bo‘yicha,
shuningdek, bank va to‘lov tizimlari uchun firibgarlikka
qarshi va zamonaviy biometrik tizimlar joriy
etilsin.
Mazkur
bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Mudofaa
vazirligi (B.Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Raqamli
texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov) va Markaziy bank (N.Sa’dullayev)
belgilansin.
32.Quyidagilar:
Strategik
islohotlar agentligi Adliya vazirligi, Hisob palatasi bilan birgalikda “O‘zbekiston
– 2030” strategiyasi doirasida yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalari
bajarilishini, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini va tegishli
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tizimli
monitoring qilib borsin;
“Taraqqiyot
strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga
oshirilishini, shu jumladan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini
inobatga olgan holda tanqidiy o‘rganib borsin va natijalari
bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot
kiritsin.
Davlat
hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur
band ijrosi bo‘yicha faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib borsin.
33.
Vazirlar Mahkamasi:
har oy
yakuni bo‘yicha Davlat dasturi ijrosi
yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasiga kiritib borsin;
har
chorak yakuni bo‘yicha Davlat dasturida
yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini Vazirlar
Mahkamasining Rayosati yig‘ilishida muhokama qilib borsin;
har yarim
yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiga kiritib borsin.
34.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi (A.Djurabayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
(A.Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam
ravishda:
“O‘zbekiston
– 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga
oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan,
Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda
uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
“O‘zbekiston
– 2030” strategiyasi doirasida amalga
oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi
xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
35.
Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy
javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari belgilansin.
Mazkur
Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul
tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “O‘zbekiston
– 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi zimmasiga
yuklansin.
Amalga
oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
O‘zbekiston
Prezidenti
Sh. MIRZIYOEV
Toshkent
shahri,2024 yil 21 fevral
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
13 03 2024 / 10:29