🔹Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi
Byudjdet tashkilotlari
xodimlarining ish haqi hamda talabalar va o‘quvchilarning stipendiyalari 10%ga oshiriladi.
➖mehnatga
haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m;
➖bazaviy
hisoblash miqdori — 412 000 so‘m etib belgilanadi.
🔹Er osti boyliklaridan foydalanish qoidalari buzilgani haqidagi
xabarlar uchun mukofot to‘lanadi
“Geomonitoring” axborot
tizimi orqali:
➖er
osti resurslaridan foydalanish qoidalari buzilishi aks etgan foto va video materiallarni
yuborish;
➖taqdim
etilgan ma’lumot uchun pul mukofoti olish mumkin bo‘ladi.
🔹Elektr uchun to‘lovlar chiqindi xizmati to‘loviga bog‘lanadi
YAngi tartibga ko‘ra,
agar chiqindi xizmatidan qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmasa, abonentlarning elektr
energiyasi uchun to‘lovi vaqtincha to‘sib qo‘yiladi.
CHiqindilarni olib
chiqish xizmatlari uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgach, cheklov avtomatik ravishda
olib tashlanadi.
🔹“YAgona milliy mehnat tizimi” axborot dasturida nogironligi
bor shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi
Tashkilotlar elektron
ro‘yxatga asosan, nogironlarning jismoniy holati, imkoniyatlari va malakasiga qarab,
o‘z joylashgan manzilida ish o‘rinlarini zaxira qilib beradilar.
🔹Oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy standartlar bekor qilinadi
Bundan buyon oziq-ovqat
mahsulotlari uchun majburiy standartlar o‘rniga Kodeks Alimentarius standartlari
asosida sanitariya qoidalari, normalar va gigienik me’yorlarga amal qilish talab
etiladi.
🔹Davlat organlarida jismoniy tarbiya va tana vazni indeksi
nazorati joriy etiladi
Har bir ish kunida
davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkaziladi. Xodimlarning
tana vazni indeksi muntazam o‘lchanadi va bu ma’lumotlar hrm.argos.uz platformasida
doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
🔹Ayrim oilalarga bog‘cha uchun to‘lov kompensatsiya qilinadi
Kompensatsiya mablag‘lari
davlat byudjeti hisobidan ajratiladi va xususiy maktabgacha ta’lim muassasalariga
yo‘naltiriladi.
🔹Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumot HEMIS tizimiga
joylashtirilishi shart
Barcha xususiy OTMlar
talabalarni qabul qilish buyrug‘ini Oliy ta’lim vazirligining HEMIS tizimida ro‘yxatdan
o‘tkazishi shart. Oxirgi muddat – joriy o‘quv yilining 1 oktyabridan kechikmasligi
kerak.
Batafsil
(https://sputniknews.uz/20250729/ozbekiston-1-avgust-50896003.html)
YUristga savol yuborish
(http://t.me/Yurist_Hizmati_bot)
Rasmiy kanalimiz:
@Yurist_Xizmati
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
05 08 2025 / 16:03