2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi
umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.
2021 yil Davlat dasturi loyihasi 276 ta banddan
iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 29 dekabr
kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy g‘oya va takliflari hamda
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar
asosida ishlab chiqildi.
Umumxalq muhokamasi 27 yanvar kuniga qadar bo‘lib
o‘tadi.
Siz ham mazkur jarayonda ishtirok etib, davlat
dasturi loyihasiga takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
Markazning sayti yangilanayotgani sababli,
takliflaringizni tf.markaz@.mail.ru elektron pochtasiga yuborishing mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
2017-2021 YILLARDA O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHNING BESHTA USTUVOR YO‘NALISHI BO‘YICHA HARAKATLAR
STRATEGIYASINI "YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
VA AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH YILI" DA AMALGA OSHIRISHGA OID DAVLAT
DASTURI TO‘G‘RISIDA
|
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, 1. Xalq bilan
ochiq muloqot natijalari asosida tayyorlangan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat
dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
|
|
2.Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlik
sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini davom ettirish maqsadida
quyidagilarning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilsin: turizm, transport va umumiy ovqatlanish
sohalariga berilgan er va mol-mulk solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlarga oid
20 mingta tadbirkorlik sub’ektining 2020 yil yakuniga qadar kechiktirilgan
400 milliard so‘mni qaytarishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 19 martdagi PF–5969‑son Farmonida nazarda tutilgan mol-mulk solig‘i
va er solig‘i bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turish, shuningdek soliq
qarzini majburiy undirish choralari ko‘rilishiga cheklov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 3 apreldagi PF–5978‑son Farmonida nazarda tutilgan mikrofirma, kichik
korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mahalliy davlat hokimiyati organlariga
ariza bermasdan turib soliq organlarini xabardor qilgan holda mol-mulk
solig‘i va er solig‘i bo‘yicha berilgan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash)
tartibi; “xufiyona iqtisodiyot” ulushini qisqartirish
uchun soliq auditi o‘tkazishda “tahlika-tahlil” tizimi bosqichma-bosqich
joriy etilgan holda soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab
kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarida soliq auditi o‘tkazilishiga
moratoriy. |
|
|
3.YOshlarni qo‘llab-quvvatlash,
ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlash maqsadida 2021/2022
o‘quv yilidan boshlab: a) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan
200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etilsin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi
bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqsin va oliy ta’lim muassasalariga
kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni
nazarda tutuvchi yagona elektron reestrni shakllantirsin; b) oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida
o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti berish va talaba tomonidan ushbu
kreditni o‘qish davri tugagandan so‘ng qaytarish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur
amaliyotni yo‘lga qo‘yish hamda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tijorat
banklariga imtiyozli kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni ta’minlash
choralarini ko‘rsin; v) oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga
hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari
soni 2 baravarga oshirilsin, shuningdek, xususiy oliy Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik
va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishga
davlat buyurtmasi parametrlarining tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; g) akademik ta’tilni berishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik
ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar
oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz
mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi; oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi
ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi; talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar
bekor qilinadi; akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha
qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda akademik ta’til
olishni istagan talabalar tomonidan sirtqi va masofaviy shaklda mustaqil ta’lim
olishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida eksternat ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin; d) ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolati 2021 yil
1 sentyabrdan boshlab respublikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining
ilmiy kengashlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilsin. Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda uch
oy muddatda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash va oliy ta’limdan keyingi
ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin. |
|
|
4.Respublikada talab yuqori bo‘lgan
kasblar bo‘yicha iqtidorli mutaxassislarni nufuzli xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa
muassasalarda tayyorlashning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida 2021
yil 1 apreldan boshlab: “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali
nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan
yoshlar soni 5 barobarga oshirilsin; “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan
xorijda bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy etilib,
2021 yilda 100 nafar yoshlarning xorijga ta’lim olish uchun yuborilishi
ta’minlansin; “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim
dasturlari bo‘yicha nomzodlarni saralashni ochiq stipendiya tanlovi asosida O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqarolari uchun ularning respublikadagi ish va o‘qish
joyidan qat’i nazar muntazam ravishda o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin; bakalavriat, magistratura va doktoranturada
o‘qish dasturlari uchun stipendiya tanlovini nufuzli xorijiy ta’lim, ilmiy yoki
boshqa muassasadan o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi taklifnoma asosida o‘tkazish
tartibi yo‘lga qo‘yilsin. “El-yurt umidi” jamg‘armasi bir oy
muddatda davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rsin. |
|
|
5.Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi uch oy muddatda fizika
fani va chet tillari bo‘yicha uzluksiz ta’lim sifati va natijadorligini
oshirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks dasturlarni ishlab chiqsin: ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish,
ta’lim tashkilotlarida mazkur fanlarni o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqish,
amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini tashkillashtirish, sohadagi ilmiy
tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish; yangi avlod, shu jumladan elektron
darslik va o‘quv kurslarini yaratish, shuningdek o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida o‘quv dasturlarida amaliy va interfaol mashg‘ulotlarning
ulushini ko‘paytirish; xorijiy tillarni o‘rganish uchun kengroq imkoniyat yaratish maqsadida bepul
til o‘rganish elektron platformalarini yaratish; ixtisoslashgan maktab (sinf)lar faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish,
ularni oliy ta’lim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro
bog‘lash hamda xorijiy mamlakatlardan o‘qituvchilarni jalb etish. |
|
|
6.Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan
birgalikda uch oy muddatda 2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi
IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va unda quyidagilar nazarda
tutilsin: respublikada mavjud sport ob’ektlari
va inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmasini o‘rganish
natijasida Osiyo Olimpiya Kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga
muvofiq ularni ta’mirlash yoki yangilarini qurish bo‘yicha takliflarni tayyorlash; yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo
o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishning bosh rejasini unda belgilanadigan har bir
tadbir bo‘yicha moliyalashtirish manbasi va mas’ul ijrochini ko‘rsatgan holda
tuzish; Osiyo Olimpiya Kengashi talablariga
asosan yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritiladigan sport
turlarini saralab olish va o‘yinlar dasturini ishlab chiqish bosqichlarini belgilash. |
|
|
7. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan
birgalikda uch oy muddatda 2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi
IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va unda quyidagilar nazarda
tutilsin: respublikada mavjud sport ob’ektlari
va inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmasini o‘rganish
natijasida Osiyo Olimpiya Kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga
muvofiq ularni ta’mirlash yoki yangilarini qurish bo‘yicha takliflarni tayyorlash; yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo
o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishning bosh rejasini unda belgilanadigan har bir
tadbir bo‘yicha moliyalashtirish manbasi va mas’ul ijrochini ko‘rsatgan holda
tuzish; Osiyo Olimpiya Kengashi talablariga
asosan yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritiladigan sport
turlarini saralab olish va o‘yinlar dasturini ishlab chiqish bosqichlarini belgilash. |
|
|
8.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning
ta’lim olishi va kasb egallashiga ko‘maklashish, og‘ir kasallikka chalingan bolalarni
davolash maqsadida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil
etilsin va uning maqsadlari amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun Davlat
byudjetidan 100 milliard so‘m ajratilsin. |
|
|
9.Ilg‘or xorijiy tajriba va keng
jamoatchilik takliflari inobatga olingan holda, 2021 yil 1 iyunga qadar nogironligi
bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi amaliyot joriy etilsin: muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari
va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlashning amaliyotini sertifikat
berish tizimiga o‘tkazib, fuqarolarga o‘z tanloviga ko‘ra davlat tomonidan
beriladigan mablag‘lar (sertifikat) hisobidan istalgan ishlab chiqaruvchidan protez-ortopediya
buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari sotib olish imkoniyatini yaratish; nogironlik belgilari aniq ko‘rinib
turgan anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni
olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, ular nogironligi bo‘lgan
shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash. Sog‘liqni saqlash vazirligi uch
oy muddatda tibbiy-ijtimoiy xizmatning konseptual yangi modelini shakllantirish
choralarini ko‘rsin. |
|
|
10. Pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar
uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib o‘rnatilsinki,
unga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab: pensiyalarni tayinlashda shaxsning
ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan
davr –2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi
mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi; uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan
yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha
to‘lovini undirish bekor qilinadi; ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan
turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan
ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi; pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga
ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi
va to‘lanadi; pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz
shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda – Pensiya jamg‘armasi) tegishli
bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida plastik kartalarni ochish
jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi; fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi
yo‘qolganligini tegishli idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar
asosida aniqlash orqali to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchilar tomonidan har
olti oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish yoki joyiga chiqqan holda monitoring
o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi. |
|
|
11. Pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar
natijasida aniqlangan ortiqcha to‘lov summasining 2021 yil 1 yanvar holatiga qarzdorligi
hisobdan chiqarilsin. |
|
|
12. Iqtisodiyotni rivojlantirish, shu
jumladan kambag‘allikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy
o‘sishning poydevorini yaratish maqsadida: a) ishsiz a’zolari bor oilalarga,
jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilgan
oilalarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 2021
yil 1 iyuldan boshlab: dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun
yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan er maydonlarida 10 sotixdan
1 gektargacha er ajratilishi; ajratilgan er maydonlari sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib
sug‘orish tizimi va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanishi; berilgan erlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘ ko‘chat xarid qilish
va boshqalar) subsidiya ajratilishi yo‘lga qo‘yilsin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari
kengashi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar har bir tumanning imkoniyati
va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib ehtiyojmand oilalarga dehqonchilik bilan
shug‘ullanish uchun ko‘maklashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin; b) tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan
ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga
kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna,
mehnat qurollari xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar
ajratilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishsiz aholini tadbirkorlikka
va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilishning yangi mexanizmlari
yuzasidan taklif kiritsin; v) 2021 yil 1 martdan boshlab zargarlik sohasida keng imkoniyatlar
yaratish uchun kumushni ishlab chiqaruvchilar tomonidan kumushni birja orqali
undan tayyorlanadigan buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi
joriy etilsin. Moliya vazirligi bir oy muddatda kumushning ishlab chiqaruvchilarga birja
savdolari orqali sotilishi, birjaga qo‘yiladigan kumush hajmlarini shakllantirish
hamda mahsulot boshlang‘ich narxini asosli shakllantirish bo‘yicha takliflarini
kiritsin; |
|
|
13.Markaziy bank bir oy muddatda
banklararo valyuta bozorini tartibga solishni yanada liberallashtirish va xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni
tasdiqlasin va yil yakuniga qadar unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini ta’minlasin: banklararo valyuta bozorini “onlayn” platformaga o‘tkazish; tadbirkorlarga valyutani bevosita bankning o‘zidan sotib olish imkoniyatini
yaratish; tijorat banklarining valyuta kursini aniqlashdagi rolini oshirish; rasmiy valyuta kursini kunlik e’lon qilib borish. |
|
|
14.Transport vazirligi Moliya vazirligi
bilan birgalikda hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri bo‘lgan
hududlararo transport aloqasini ta’minlash maqsadida, 2021 yil 1 martdan boshlab: Davlat byudjetidan subsidiyalash tizimini
joriy etish orqali eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish
imkoniyatini beradigan muntazam avia qatnovlarini yo‘lga qo‘ysin; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun avia
chipta narxining 30 foizini qaytarish (cash back) tartibini
joriy qilsin. |
|
|
15.Elektr energiyasi va tabiiy gaz
ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida: 2021 yil 1 martdan suyultirilgan gaz importi uchun
belgilangan bojxona boji va uni import qilish uchun talab etiladigan ruxsat etish
xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinsin; 2021 yil 1 martga qadar ishlab chiqaruvchi va importyorlar
uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash sohasiga bozor mexanizmlarini
joriy etish orqali ulgurji bozorni shakllantirish “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilsin. Energetika vazirligi “yo‘l xaritasi”
ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda birinchi bosqichda, 2021 yil 1 avgustdan boshlab,
yirik korxonalarga elektr energiyasi va tabiiy gazni import asosida sotib olish
huquqi berilishini nazarda tutsin. |
|
|
16.Davlat soliq xizmatining faoliyatini
“soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida kichik tadbirkorlik
sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari uchun moliyaviy hisobotni avtomatik tarzda
shakllantirib, soliq organlariga yuborish va monitoring olib borish imkonini beruvchi
elektron tizim 2021 yil 1 iyunga qadar joriy etilsin. Belgilansinki, soliq organlari tomonidan
mazkur elektron tizimdan foydalanuvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer
xo‘jaliklarining faoliyatida soliq auditi o‘tkazilmaydi. |
|
|
17.Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi
va Hisob palatasining Moliya vazirligi tizimidagi davlat moliyaviy nazorati departamenti
tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish, Hisob palatasining hududiy bo‘linmalarini
tashkil etish, ichki audit xizmatlari faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish,
shuningdek, o‘tkaziladigan barcha tekshirishlar va ularning natijalari yuzasidan
ma’lumotlarni ochiq e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan
birgalikda bir oy muddatda davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tizimini tubdan
takomillashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirsin. |
|
|
18. Bojxona nazorati tartib-taomillarini
takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, davlat bojxona
xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yil 1 iyuldan
boshlab bojxona nazoratini olib borishning quyidagi tartibi belgilansin: toifadan tashqari maqomidagi “Masofaviy
elektron deklaratsiyalash bojxona postlari”ni sinov tariqasida bosqichma-bosqich
tashkil etiladi; bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini
masofaviy boshqarish, inson aralashuvini keskin qisqartiriladi; chegaralarda veterinariya va fitosanitariya
organlari tomonidan yuk tashuvchilarni ro‘yxatga olish, hujjatlarni tekshirish,
ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar undirish jarayonini raqamlashtirish,
umumiy onlayn nazorat amaliyoti joriy etiladi. |
|
|
19.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini
takomillashtirish, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini
oshirish maqsadida: a) joriy yilda yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan holda har bir hududda bittadan tuman (shahar) byudjetini shakllantirishda
xarajatlarning kamida 5 foizini bevosita aholining fikr-mulohazalarini
inobatga olgan holda mahalladagi muammolarni hal etishga yo‘naltirish tartibi
eksperiment tariqasida joriy etilsin; b) 2021 yil yakuniga qadar davlat
boshqaruvi xodimlari soni o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtirilsin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021
yil 1 martga qadar quyidagi choralarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori loyihasi kiritilishini ta’minlasin: boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan
idoralar, funksiyalar va byurokratik to‘siqlarni va majlisbozlikni qisqartirish; ko‘p yillar davomida bo‘sh turgan shtat birliklarini optimallashtirish; ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda litsenziya va
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qisqartirish va ularni berish jarayonini
avtomatlashtirish hisobiga ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish; vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish; raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish; vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish
tizimini joriy etish; v) o‘rta va quyi bo‘g‘in boshqaruv organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish
doirasida: viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun
xodimlar soni va maoshi hududning o‘ziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib
belgilansin; quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar va zamonaviy axborot
texnologiyalari asosida samarali ishlashga o‘rgatish va malakasini muntazam oshirib
borishning aniq tizimi joriy etilsin; Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda o‘rta va quyi bo‘g‘in
boshqaruv organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha aniq choralarni
ko‘rsin; g) 2021 yil yakuniga qadar amaldagi qonunchilik
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan
hujjatlarni bekor qilish va tarqoq hujjatlarni tizimlashtirish orqali tartibga
solish yukini va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning darajasini kamaytirish
uchun ortiqcha normalarni qisqartirish ta’minlansin. Adliya vazirligi 2021 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy
hujjatlarni, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil
etish hamda aniq munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish
bo‘yicha takliflarni kiritsin; d) 2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus “E-qaror” elektron tizimi
orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Adliya vazirligi uch oy muddatda: mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini tayyorlash, qabul qilish,
hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimini joriy etish; elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini
ta’minlash; qabul qilinayotgan qarorlarni ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga etkazish
va tegishli bazalar bilan integratsiya qilish; mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini mazkur tizimda ishlash bo‘yicha
o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; elektron tizim orqali qabul qilinmagan hujjatlarni amalga kiritganlik hamda
normativ-huquqiy hujjatlarni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazmagan
holda qabul qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash bo‘yicha takliflarni
kiritsin. |
|
|
20.Moliya vazirligi 2021 yil
1 maydan boshlab quyidagilarga oid moliyaviy ma’lumotlarni
ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish amaliyotini
joriy etsin: davlat organlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan
yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va
undan ortig‘i tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar xaridlari; davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ikki oy muddatda ochiq e’lon qilinishi
lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish, shu jumladan davlat xaridlari
va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni
berish bo‘yicha tashkil etiladigan tender va tanlov komissiyalarining tarkibi,
davlat aktivlarining oldi-sotdi va davlat-xususiy sheriklik loyihalari jarayonlari
ishtirokchilari, soliq va boshqa imtiyozlar oluvchilar kabi ma’lumotlarni ochiq
e’lon qilish bo‘yicha takliflarni kiritsin. |
|
|
21.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining
quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi
taklifi ma’qullansin: davlat organlari va tashkilotlari o‘z
faoliyat yo‘nalishlarida mavjud korrupsiogen omillarni bartaraf etish bo‘yicha
takliflarni doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kiritish; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan
kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish, soha va tarmoqlar kesimida chuqur tahlillar
va jamoatchilik so‘rovlarini o‘tkazish natijasida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan
munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish; “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar
elektron reestri”ga muvofiq har bir korrupsiyaviy omilni birinchi navbatda raqamlashtirish
(elektron navbat, auksion va boshqa zamonaviy usullar), ochiqlikni ta’minlash,
jamoatchilik nazorati kabi vositalar orqali bartaraf etish bo‘yicha takliflarni
ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasida keng muhokamadan
o‘tkazgan holda ishlab chiqish; amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning
natijadorligini va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ta’sirini jamoatchilik
fikrini o‘rgangan holda baholash va e’lon qilish. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “E-Antikorrupsiya”
loyihasini amalga oshirish mexanizmlari hamda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni
bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin. |
|
|
22.Adliya vazirligi bir oy muddatda
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik
to‘siqlarni tubdan qisqartirishga qaratilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin: fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan
o‘tgan joyidan qat’i nazar foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlarining ko‘lamini
kengaytirish; davlat, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni
ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlashning yagona identifikatsiya raqamini
joriy etish; yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini unifikatsiyalash; davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini
yo‘lga qo‘yish orqali ular o‘rtasida qog‘oz ko‘rinishida hujjat taqdim etish amaliyotiga
chek qo‘yish; fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining
natijalarini pochta aloqasi orqali etkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
|
|
23.2021 yil 1 maydan boshlab mamlakatimizga
2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy
yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida O‘zbekistonda yashash guvohnomasi
asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul
qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinsin. |
|
|
24.Xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish maqsadida: 2021 yil 1 aprelga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan har chorakda jamoatchilik vakillari bilan
birgalikda tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalariga “monitoring
tashriflari” tizimini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin; 2021 yil 1 iyunga qadar jazoni engilrog‘i
bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati
jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik
komissiyalariga o‘tkazilsin; 2021 yilda 6 tagacha manzil-koloniyalar qisqartirilsin. |
|
|
25.Keng jamoatchilikning quyidagi takliflari ma’qullansin: a) yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy faoliyatini fuqarolarga
ko‘mak berishga yo‘naltirish hamda korrupsiyaga imkon beradigan
omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun: avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni eksterritoriallik
prinsipi asosida yo‘lga qo‘yish va yangi avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan
o‘tkazish talabini bekor qilish; Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan
o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida fuqarolarning doimiy yashash
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat’i nazar avtomototransport vositalarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni amalga
oshirish; barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)larida hamda
kamida 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida milliy haydovchilik guvohnomasini
rasmiylashtirishni (shu jumladan, almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini
berish) fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan
qat’i nazar amalga oshirish; haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayonini
jamoatchilik tomonidan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali kuzatish
imkonini yaratish. Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda ushbu bandda nazarda
tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Hukumat qarori
loyihasini kiritsin. b) respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt
va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal
qilish muddatini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish hamda har bir
kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi
jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli (yoshi
5 yoshdan va balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish hamda ularni kamida
ikki yil davomida parvarish qilish, noqonuniy kesilganlar daraxt va butalar uchun
esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat
ekish majburiyatini kiritish. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiikki oy muddatda
atrof muhitga etkazilgan zararni qoplash tartibini qayta ko‘rib chiqib, tabiatni
qayta tiklashga qaratilgan kompensatsiya mexanizmlarini keng joriy etsin. |
|
|
26. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy
muddatda xorijiy mamlakatlar bilan 2021 yilda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy,
ilmiy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar va siyosiy sohalarda, shuningdek, xavfsizlik
sohasida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari va tadbirkorlik sub’ektlari uchun tartib-taomillarni soddalashtirish
va maxsus qulay rejimlar taqdim etishni nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar
bo‘yicha takliflarni kiritsin. |
|
|
27.Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi”
markazi bilan birgalikda: Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish,
uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha
tavsiyalarni ishlab chiqish; Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni har
oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan ijobiy
o‘zgarishlarni, tahliliy axborot ko‘rinishida aks ettirgan holda, o‘z veb-saytlarida
joylashtirish; monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy
sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni
ta’minlasin. |
|
|
28.Davlat dasturi bandlarining izchil
va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari o‘z hududlarida Davlat
dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘n kun muddatda chora-tadbirlar rejasini ishlab
chiqadi va har oyda o‘z majlislarida muhokama qilib boradi; Vazirlar Mahkamasi har oyda Davlat
dasturi bajarilishini Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida tanqidiy
ko‘rib chiqadi, har chorakda Hukumat Rayosatida muhokama qilib
boradi hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan mas’ul vazirlik
va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralar ko‘radi; Oliy Majlis palatalari har
chorakda Bosh vazir va Hukumat a’zolarining Davlat dasturi bajarilishi
yuzasidan axborotlarini eshitib boradi hamda bu borada vazirlik va idoralar faoliyati
samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi Adliya vazirligi va Hisob palatasi bilan birgalikda har
oyda Davlat dasturi bajarilishini nazorat qilib boradi hamda uning o‘z
vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi. |
|
|
29.O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga
Xalqaro press-klub bilan hamkorlikda: ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet
jahon axborot tarmog‘ida keng tushuntirilishini; Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq
ma’lumotning keng jamoatchilikka tezkorlik |
|
|
30.Adliya vazirligi manfaatdor idoralar
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan
kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin. |
|
|
31.Ushbu Farmonning ijrosini nazorat
qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH. Nizomiddinov zimmasiga
yuklansin. |
|
O‘zbekiston Respublikasi |
|
|
Prezidenti |
SH.Mirziyoev |
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
21 01 2021 / 10:47