O‘zbekiston
prezidentining 2019 yil 5 apreldagi qarori bilan 2020
yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va viloyatida
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilgan
edi.
Yangi qaror
loyihasida o‘tkazilayotgan sinov jarayoni 2022 yil 31 dekabrga qadar amal
qilishi belgilanmoqda.
Hujjat bilan
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr
muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom va
mazkur ikki hudud kadastr muhandislari tomonidan ko‘chmas mulk obektlariga
kadastr yig‘majildi tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar narxining
minimal stavkalari tasdiqlanishi belgilangan.
Qaror loyihasida
uch oy muddatda kadastr muhandislari tomonidan ko‘chmas mulk obektlariga
kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash
jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi hamda Kadastr agentligi
tomonidan monitoringi yuritiluvchi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab
chiqish nazarda tutilmoqda.
Bunda axborot
tizimini ishlab chiqish, ishchi holatini ta'minlash va rivojlantirish Kadastr
agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi.
Hujjatda
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi,
tajriba-sinov natijalari bo‘yicha 2022 yil 1 noyabrga qadar Vazirlar
Mahkamasiga taklif kiritishi belgilanmoqda.
Shuningdek,
kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini
beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini saqlash va takomillashtirish
maqsadida, Kadastr agentligi tomonidan har bir ko‘chmas mulk bo‘yicha so‘rov
uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi
belgilanishi kutilmoqda.
«Toshkent viloyati
va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka
shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomdan malaka imtihonini
topshirish, apellyatsiyani ko‘rib chiqish, malaka shahodatnomasini
rasmiylashtirish va berish, hujjat amal qilishini tugatish va uni bekor qilish,
kadastr muhandislari reyestrini yuritish tartiblarini belgilash masalalari
o‘rin olgan.
Yana, shuningdek,
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisligiga talabgorlarga quyidagi
imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutiladi:
·
ko‘chmas mulk obektlariga
birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi berilishi;
·
o‘z faoliyatini yuridik
shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida amalga oshirishi;
·
kadastr yig‘majildini
tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik sub'yekti tomonidan
mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam
bo‘lmagan miqdorda belgilanishi;
·
malaka imtihonini topshirish
uchun beriladigan vaqtning bir soatdan ikki soatga uzaytirilishi;
·
test sinovi natijalari uch
kun ichida emas, test sinovi yakuni bilan e'lon qilinishi.
Nizomga muvofiq,
kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida shartnoma
asosida quyidagi kadastr xizmatlarini ko‘rsatadi:
·
ko‘chmas mulk obektlarini
xatlovdan o‘tkazish;
·
ko‘chmas mulk obektlarining
qavatma-qavat rejalarini tuzish;
·
ko‘chmas mulk obektlari
texnik rejalarini rasmiylashtirish;
·
ko‘chmas mulk obektlarini texnik
hisobga qo‘yish.
Qaror qabul
qilinishi bilan kadastr yo‘nalishida davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini
qisqartirish, raqobatbardosh muhitni shakllantirish, tadbirkorlikning kadastr
yo‘nalishida rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va bir necha
samarali natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.
KUN.UZ – saytidan olingan.
Umumxalq muhokamasi 16 fevral kuniga qadar bo‘lib
o‘tadi.
Siz ham mazkur jarayonda ishtirok etib, karor loyihasiga takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
Markazning sayti yangilanayotgani sababli,
takliflaringizni tfmarkaz@.mail.ru elektron
pochtasiga yuborishing mumkin.
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
11 02 2021 / 11:09