Prezidentning “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan
asoslangan:
birinchidan, 2023 yil 1 apreldan boshlab
parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi
tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar
ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina “my.vetgov.uz”
saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi
parrandachilik xo‘jaliklariga beriladi;
ikkinchidan, “my.vetgov.uz” sayti parrandachilik
sohasidagi ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish uchun soliq xizmati, statistika,
bojxona, veterinariya organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot
mahsullari bilan integratsiya qilinadi;
uchinchidan, mahalliy va import orqali zaxira qilingan
bug‘doyni sotib olish uchun O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasidagi
savdolarda faqat parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omixta yemi ishlab
chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari qatnashishi belgilanadi;
to‘rtinchidan, belgilangan tartibda va me’yorlarga
muvofiq “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan parrandachilik xo‘jaliklari
parranda bosh soniga va parranda omixta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik
sub’yektlari ishlab chiqarish quvvatlariga mutanosib hajmlarda bug‘doyni birja
savdolari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi
orqali:
sohada ilmiy-texnik yondashuvlar va axborot
texnologiyasidan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi;
parrandachilik xo‘jaliklari haqiqiy ishlab chiqarish
quvvatlarini, shuningdek, ozuqa yem mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va
subsidiyalar ajratish miqdorini aniqlash mezonlarini joriy etiladi;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi tomonidan tijorat banklari tomonidan parrandachilik va omixta yem
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga muddati
uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari mos ravishda qayta
hisob-kitob qilinadi.
Kun.uz
dan olindi
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari
06 06 2022 / 10:32