Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada


Ulashing :


“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada

Mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa tadbirkorlikka kenga imkoniyatlar ochib berilayotgan davrda sug‘urtaning o‘rni juda muhim hisoblanadi. Sug‘urta mexanizmi orqali iqtisodiyotga katta miqdorda investitsiya kiritiladi. Turli xil xatarlar oqibatida tadbirkorlar faoliyatiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar aynan sug‘urta mexanizmi orqali qoplanadi va natijada ularning faoliyatida rivojlanishda davom etadi.
Biroq, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida turli qonunchilik xujjatlari qabul qilingan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda sug‘urtaning o‘rni deyarli ko‘rinmaydi. Davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining mavjud emasligi dehqon va fermer xo‘jaliklarini katta xavflar ostida faoliyat olib borishiga hamda tabiatning injiqliklari oqibatida katta moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu masalalarni dolzarbligidan kelib chiqqan holda, joriy yil
29 yanvar kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni ko‘llab-quvvatlash markazida “O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbolli omillari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Menejerlar uyushmasi, “O‘zbekinvest”, “Semurg‘ Inshurans” Sug‘urta kompaniyalari ekspertlari va tegishli vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.
Qishloq xo‘jaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, balki qishloq aholisini ish bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish va sanoat uchun xom ashyo manbai sifatida ham ulkan ahamiyatga ega. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismini tashkil etgani sababli, bu sohadagi har qanday o‘zgarishlar iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun tavakkalchiliklarni kamaytirish va ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash dolzarb hisoblanadi.
“Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda
Yuqoridagilarga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda:
- qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarini turli xil tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘riladigan zararlardan sug‘urtalash orqali himoyalash;
- qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash;
- qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalashda sug‘urta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilishning yagona tizimini yaratish;
- qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash masalalari nazarda tutilishi belgilangan.
Butun dunyoda global muammoga aylanayotgan iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan xavf-xatarlar qishloq xo‘jaligidagi tavakkalchiliklarni oshiradi. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi natijasida qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va boshqa iqlimiy muammolar kuzatiladi. Bu esa hosildorlikni kamaytirib, fermerlarning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlardan himoya vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘urta orqali fermerlar tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan yo‘qotishlarni boshqarish, ushbu muammolarga qarshi kurashish metodlarini o‘zlashtirish xamda yetkazilgan iqtisodiy zaralarni qoplash va o‘z faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, tabiiy ofatlar, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar va boshqa omillar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xavf-xatarlar fermerlarning daromadlariga salbiy ta’sir etib, ularning iqtisodiy barqarorligiga tahdid soladi. Masalan, qurg‘oqchilik, sel, do‘l kabi tabiiy ofatlar hosilning kamayishiga yoki yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar, narxlarning tushishi va talabning kamayishi fermerlar uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. Bu holatlarda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi fermerlar uchun muhim himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Sug‘urta orqali fermerlar yuzaga keladigan xatarlardan himoyalanib, o‘z faoliyatini barqaror davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Ulashing :



“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada
 
“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada
 
“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada
 
“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamada
 


Sarlavxa :
Qonunlar

04 02 2025 / 11:56