Mazkur qonun
loyihasi bilan amaldagi 3 ta kodeks, 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Unda tadbirkorlik sub’ektlarining 12
turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo‘lishi,
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish
bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish
imkoniyatini yaratish belgilanmoqda.
Qonun loyihasini
ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga kiritilgan yangi
qo‘shimcha - javobgarlik masalasi ushbu moddaning o‘zida “davlat xizmatlarini
ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini
buzish” normasi ko‘rsatilgani sababli tashabbuskor tomonidan kiritilgan
qo‘shimcha javobgarlik normasi deputatlarning takliflariga asosan chiqarib
tashlandi.
Shuningdek, 4 ta
litsenziya va ruxsatnomani xabardor qilish tartibiga o‘tkazish, 1 ta xabarnoma
yuborish tartib-taomilini ruxsat berish tartibiga o‘tkazish, 2 ta litsenziya
uchun xulosa olishni bekor qilish nazarda tutilmoqda. 3 ta ruxsat berish tartib-taomili “Litsenziyalash,
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga
muvofiqlashtirilmoqda.
Ta’kidlanganidek,
qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor
qilish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga, tadbirkorlik sub’ektlarini
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va raqobat muhitini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Munozaralarda bir
qator savollar, takliflar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi. Deputatlarning
taklifiga ko‘ra, ayrim normalarni takomillashtirish zarur. Shundan kelib
chiqib, qonun loyihasi mas’ul qo‘mita tomonidan maromiga yetkaziladigan bo‘ldi.
Muhtarama Komilova, O‘zA
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
23 04 2025 / 11:03