2023
yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa
hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul
qilish va e'lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.
Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Kun.uz’ga yetib kelgan hujjat matniga ko‘ra, quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda:
·
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich
to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini
ishlab chiqish;
·
Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek
tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab
chiqish;
·
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish
uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi,
shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi
tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;
·
Rasmiy veb-saytlar
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta'minlash.
Shuningdek,
quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanadi:
·
shaxsni
tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet
davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
·
ish
qog‘ozlari, turli blanklar;
·
mamlakatimizdagi
joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy
targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar.
Hujjatda
qayd etilishicha, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari,
nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati ham to‘liq lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
11 02 2021 / 17:13