18.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovlarini noqonuniy ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxati e’lon qilingani va ular bilan munosabatlarga kirishgan tadbirkorlarga QQS summasiga o‘zgartirish kiritish va qayta aniqlashtirilgan hisobotlarni taqdim etish yuzasidan xabarnomalar yuborilgani jamoatchilik tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yuqoridagi holat yuzasidan
tegishli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlar O‘zbekiston
Respublikasining qonunlariga qat’iy rioya qilingan holda adolatli, holisona va
tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlariga zarar etkazmagan holda
amalga oshirilishiga umid qiladi.
O‘rganish natijalari yuzasidan qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda
ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilish so‘raladi.
O’zLiDeP Matbuot xizmatidan
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
19 02 2021 / 10:50