Iyul oyida muhokamaga
qöyilgan qaror loyihasida jamoat yaylovlari aholi uçun pulli (faqat
kambağallarga tekin) bölişi nazarda tutilgan edi, lekin keyinroq prezident
imzolagan qarorga bu band kiritilmagan. 10-noyabr kuni Qonunçilik palatasi
yaylov çiptasini ham öz içiga oluvçi qonun loyihasini qabul qildi. Muhokama
vaqtida çipta pulli bölişi aytildi, rasmiy xabarda esa tekin bölişi vaʼda
qilingan.
Yaylov çiptasi: dalada mol boqiş pulli böladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda yaylov çiptasi joriy qilinişi
hamda endilikda dalada mol boqiş pulli bölişi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz holatni örgandi.
“Yaylov çiptasi” tizimi bundan bir neça oy avval
Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasida
keltirilgan. Loyihada yaylov çiptasi pulli bölişi qayd etilgan. Ammo prezident
imzolagan qarorda yaylov çiptasi ötmagan.
Çipta mexanizmi 10-noyabr kuni Qonunçilik palatasi
majlisida birinçi öqişda qabul qilgan “Yaylov töğrisida”gi qonunga kiritilgan.
Biroq palata xabarida u pulli yoki bepul bölişiga aniq aytilmagan.
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yiğilişidan
tarqatilgan videolavhada çipta pulli bölişi aytilgan, partiyaning bu yiğiliş
haqidagi matnli axborotida esa fuqarolar yaylov çiptasi asosida yer
maydonlaridan bepul foydalanişi qayd etilgan.
Vazirlik loyihasi
Qişloq xöjaligi vazirligi 2026-yil iyulida yaylov
yerlaridan samarali foydalanişni nazarda tutuvçi qaror loyihasini muhokamaga
qöygan. Muhokama 29-iyulda yakunlangan.
Hujjat loyihasida mahalliy aholi tomonidan uy
şaroitida boqiladigan çorva mollarini ötlatiş uçun böş turgan yerlarda jamoat
yaylovlarini taşkil etiş taklifi ilgari surilgan. Jamoat yaylovlari xalq
deputatlari tuman va şahar kengaşlarining qaroriga asosan hududiy yaylov
xöjaliklari tomonidan 49 yil muddatga mahalla fuqarolar yiğinlariga bepul
ijaraga berilişi nazarda tutilgan.
Loyihada jamoat yaylovlaridan foydalanişda har oylik
yaylov çiptasi tizimi joriy qilinişi, çipta mahalliy aholiga pulli va
kambağallik reyestrida röyxatda turgan aholi uçun bepul asosda taqdim etilişi,
çiptaning oylik tölov miqdori mahalla fuqarolar yiğini kengaşining qarori bilan
belgilanişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, jamoat yaylovlaridan faqat öşa hududda
doimiy yaşovçi mahalliy aholi ehtiyojlari uçun uy şaroitida boqiladigan çorva
mollarini ötlatiş uçun foydalanilişi, uni ikkilamçi ijaraga beriş,
foydalanuvçilar örtasida yer uçastkalarini çegaralaş va bölib oliş taqiqlanişi
közda tutilgan.
Prezident qarori: aholi jamoat yaylovlaridan tekinga
foydalanadi
2026-yil 14-oktabr kuni prezidentning “Yaylov
yerlaridan samarali foydalaniş va çorvaçilik xöjaliklarini davlat tomonidan
qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul
qilindi. Hujjat 15-oktabrdan kuçga kirgan.
Qarorda mahalliy aholi tomonidan uy şaroitida
boqiladigan çorva mollarini ötlatiş uçun böş turgan yaylov yerlarida jamoat
yaylovlari taşkil etilişi va bu jamoat yaylovlaridan fuqarolar bepul
foydalanişi belgilangan.
Qaror loyihasida mavjud bölgan yaylov çiptasi masalasi
qarorning davlat rahbari tomonidan imzolangan yakuniy tahririga kiritilmagan.
Hujjatga köra, jamoat yaylovlari xalq deputatlari tuman
va şahar kengaşlarining qaroriga asosan hududiy yaylov xöjaliklari tomonidan 49
yil muddatga mahalla fuqarolar yiğinlariga bepul ijaraga beriladi. Ijaraga
berilgan yaylov yer maydonlariga soliq solişning nol stavkasi qöllanadi.
Qarorda belgilanişiça, jamoat yaylovlaridan faqat şu
hududda doimiy yaşovçi mahalliy aholi ehtiyojlari uçun uy şaroitida boqiladigan
çorva mollarini ötlatiş maqsadida foydalaniladi hamda uşbu yerlarni töliq yoki
qisman muayyan şaxslarga biriktirib beriş, ikkilamçi ijaraga beriş,
foydalanuvçilar örtasida yer uçastkalarini çegaralaş va bölib oliş taqiqlanadi.
Bunday yaylovlardan foydalanişda har bir xonadonga töğri keladigan çorva moli
sonining çeklangan miqdori MFY tomonidan mustaqil belgilanadi.
Jamoat yaylovlaridan foydalaniş va ularni saqlaşda
çorvaçilik xöjaliklari yaylovlari uçun belgilangan qoidalar, norma va
normativlarga amal qilinadi.
Qarorga asosan, 2026-yil oxirigaça respublika böyiça
jami 470 ta mahallada 627 ming gektar jamoat yaylovi taşkil etilişi kerak.
Çipta mexanizmi qonunga kiritilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 10-noyabr kungi
majlisida “Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Qonun bilan aholi xonadonlarining yaylovlardan
foydalanişini qonuniylaştiriş maqsadida jamoat yaylovlari instituti joriy
qilinmoqda.
Şuningdek, işlatilmayotgan yaylovlarni elektron
auksion, investitsiya şartnomasi va davlat-xususiy şeriklik asosida iqtisodiy
aylanmaga kiritiş mexanizmi yaratilmoqda. Yaylovdan foydalaniş
tartib-taomillari mahalliy aholi va biznes uçun ijara şartnomasi va çipta
mexanizmlari asosida soddalaştirilgan tarzda amalga oşirilişi közda tutilgan.
Qonunçilik palatasi tarqatgan rasmiy xabarda çipta
pulli yoki bepul bölişiga aniqlik kiritilmagan.
Pulli böladimi yoki bepul?
“Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi yalpi majlisdan
bir kun oldin, 9-noyabr kuni Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida
körib çiqilgan.
Yiğiliş yuzasidan partiya eʼlon qilgan xabarda
fuqarolar yaylov çiptasi asosida yer maydonlaridan bepul foydalanişi mumkin
bölişi qayd etilgan.
Ammo, ayni şu yiğiliş böyiça partiya tomonidan eʼlon
qilingan videolavhaga qaraganda, yiğilişda deputat: “Yaylov çiptasi pulli
böladimi yoki yöqmi?” deya aniq savol qöygan, maʼruzaçi bunga javoban pulli
bölişini aytgan.
“E-yaylov elektron platformasi orqali bahosi
belgilanib çiqadi, pulli böladi. Çipta bahosi belgilanadi. Tadbirkorning
arizasi asosida elektron tarzda beriladi”, degan u.
Qonunçilik palatasi matbuot kotibi Ğulomjon Samadov
esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.
“Qonunçilik palatasida muhokama qilinayotgan
“Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi aholi va biznes uçun ortiqça yuklamalar
emas, balki yanada qulay imkoniyatlar yaratişni nazarda tutgan. Hujjatda
yaylovlarda öt örişni pulli qiliş emas, aksinça jamoat yaylovlarini tekinga
berib, odamlar uçun undan bepul foydalaniş tartiblari belgilanmoqda”, deya
taʼkidlagan Ğulomjon Samadov.
Yaylovlar toifalanadi
Yuqorida tilga olingan prezident qarorida yaylov
yerlaridan samarali foydalaniş va ularni muhofaza qilişga doir boşqa qator
vazifalar ham belgilangan:
yaylovlar degradatsiyasini qisqartiriş,
yaylov yerlaridan foydalanişda aholi va biznes uçun
manfaatli şaffof mexanizmlarni joriy etiş,
çorva mollarini suğoriş uçun 2026-2028 yillarda 323 ta
yangi quduq qaziş şular jumlasidan.
Hujjatda yaylovlarda ötkazilgan geobotanik tadqiqotlar
natijalariga köra yaylovlar “yaşil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilişi
ham belgilangan. Bunda:
“yaşil” hududlarda ötlatiş normalariga rioya qilingan
holda ötlatişga ruxsat beriladi;
“sariq” hududlarda majburiy tartibda almaşlab ötlatiş
joriy etiladi,
“qizil” hududlarda esa çorva mollarini ötlatişga
kamida 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi.
21 mln gektar yaylov
Qonunçilik palatasining maʼlum qilişiça, bugungi kunda
Özbekistonda jami 21,2 mln gektar yaylov yerlari bor. Şundan:
16,3 mln gektari Çorvaçilik va yaylov xöjaligini
rivojlantiriş agentligining hududiy yaylov xöjaliklari;
3 mln gektari örmon fondi;
1 mln gektardan ortiği tabiatni muhofaza qiliş,
soğlomlaştiriş va rekreatsiya maqsadlariga möljallangan;
890 ming gektar maydonlar fermer xöjaliklari, qişloq
xöjaligi, korxona va boşqa taşkilotlariga töğri keladi.
Deputatlarga köra, “Yaylovlar töğrisida”gi qonun
loyihasining asosiy maqsadi – yaylovlarni muhofaza qiliş va degradatsiyani
qisqartiriş böyiça raqamli texnologiyalarga asoslangan samarali mexanizmlarini
joriy qiliş, yaylovlardan “iqtisodiy aktiv” sifatida foydalaniş, jamoat
yaylovlarini taşkil etiş uçun huquqiy asoslar yaratişdan iborat.
kun.uz
Sarlavxa :
Qonunlar
13 11 2026 / 15:10