Davlat byudjetining
aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 2019 yilgi
1 foizdan 2030 yilda 1,5 foizga etkaziladi.
Prezident farmoyishi
(F–5634-son, 17.02.2021 y.) bilan 2021–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish
milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya, jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
➖ asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish
va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga
ko‘maklashish;
➖ kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar
tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga
layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;
➖ keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan
ta’minlash;
➖ ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish.
SHunga ko‘ra, konsepsiya doirasida quyidagilarni amalga
oshirish rejalashtirilgan:
● aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini
amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organni belgilash;
● olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan
tibbiy yordam ko‘rsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga
xususiy shifoxonalar jalb etish va ularga subsidiya ajratish;
● chin etim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz
qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi
berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni
sotib olish tartibini joriy etish;
● tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi
bo‘lgan ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga
kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat
qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar berish;
● bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini
yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy
tizimini saqlagan holda Bolalar Ombudsmani faoliyatini tashkil etish;
● imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni
uyda berish modelini joriy qilish.
2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari
ichki yalpi mahsulotga nisbatan 2019 yilgi 1 foizdan 2030 yilda 1,5 foizga etkaziladi.
·
Mолия вазирлиги, aholini ijtimoiy himoya qilish
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
22 02 2021 / 10:44