Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Klasterlar sohasidagi tizimli muammolar aytildi. Ulardan biri - fermerlarning majburiy tartibda biriktirilishi


Ulashing :


Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 345ta agrosanoat klasterlari mavjud bo‘lib, ularga jami 1 mln 201 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan.

Ma'lum qilinishicha:

· paxta-to‘qimachilik klasterlari - 97ta, biriktirilgan yer maydoni 927 068 gektar;

· g‘allachilik klasterlari 77ta, biriktirilgan yer maydoni 142 800 gektar;

· meva-sabzavotchilik klasterlari 147ta, biriktirilgan yer maydoni 122 394 gektar;

· sholichilik klasterlari 16ta, biriktirilgan yer maydoni 8 060 gektar;

· boshqa klasterlari 8ta, biriktirilgan yer maydoni 1 150 gektar.

Ta'kidlanishicha, amalda faoliyat yuritayotgan klasterlar tahlili sohada quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatgan:

· sohani tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;

· klasterlar huquqiy maqomi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan;

· klasterlar tashkil etish, ularni tanlab olish mezonlari, shuningdek, ularga yerlarni ajratishning yagona va shaffof mexanizmlari mavjud emas;

· fermerlarning klasterlarga majburiy tartibda biriktirilishi natijasida noteng shartnomaviy munosabatlar shakllangan, fermerlarda o‘z mahsulotlarini sotishda xaridorni tanlash imkoniyati mavjud emas;

· klasterlar yerlarini olib qo‘yish va faoliyatini tugatish, fermerlar bilan tuzgan shartnomalarini bekor qilish qonunchilikka zid ma'muriy usullar orqali hal etilmoqda;

· klasterlar majburiyatlari bajarilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish mexanizmi mavjud emas;

· investitsion majburiyatlar bajarilmasligi orqali yerlari olib qo‘yilishi natijasida yerga amalda kiritilgan investitsiyani qaytarishda yuzaga keladigan muammolar yechimi mavjud emas;

· klaster maqomini olganlik uchun tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud emas, masalan, soliq imtiyozlari yoki davlat budjeti mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya obektlarini o‘rnatish yoxud yerlarni ajratish;

· amaldagi qonunchilikda mavjud klasterlar uchun yagona soliq imtiyozlari mavjud emas.

Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ular faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Kun.uz saytidan


Ulashing :


Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

17 03 2021 / 12:17