IPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumki,
mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash
maqsadida davlat korxonalari transformatsiya qilinmoqda. Yig‘ilishda bu
boradagi ishlarni jadallashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirish
masalalari muhokama qilindi.
Jumladan,
25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka
yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan,
zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi aytildi.
Transport
sohasidagi ishlar holati ham ko‘rib chiqildi. Tranzit yo‘lovchilar oqimini
oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish, mahalliy
aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralari belgilandi.
“O‘zbekiston
havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi erkin raqobat sharoitida ishlash uchun
zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishi, aviachiptalar narxining oshishiga yo‘l
qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek,
yig‘ilishda iqtisodiyotda joriy yilning birinchi choragi yakunida kutilayotgan
natijalar tahlil qilindi. Yangi korxonalarni foydalanishga topshirib, ish
o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hokimlar va tarmoq rahbarlariga
iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mutasaddi idoralarga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar
ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, investitsiya loyihalarining bozor
iqtisodiyoti talabiga javob berishini o‘rganish vazifasi qo‘yildi.
Eksport masalalari muhokama
qilinar ekan, tashqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, transport va
logistika masalalarini hal etish, eksport geografiyasini kengaytirish,
mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimlari oziq-ovqat
xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha
vazifalar ijrosi to‘g‘risida axborot berdi.
Jumladan, Farg‘ona va Surxondaryo
viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi
eksport yo‘nalishlarini ochish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari
yuzasidan viloyat hokimlarining hisoboti eshitildi.
UzAdan olindi
Sarlavxa :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
18 03 2022 / 15:41