28.11.2026
ЦБ Узбекистан
1 USD = 12017.70
1 RUB = 146.39
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligin ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda ...
Bugun hech bir mamlakat dunyodan ajralgan holda, yakka o‘zi taraqqiyotga erisha olmaydi. So‘nggi yillarda yurtimiz jahonga ochildi. Ko‘plab davlatlar bilan keng ko‘lamli, o‘zaro teng manfaatli hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu yurtimizning har jabhada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.Singapur har yili e’lon qilinadigan Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. ...
Ahmad Saidov xonadonida har yili issiqxonada yetishtirilgan pomidordan mo‘l hosil olinadi. Uzun tumanining “Yangi kuch” mahallasida istiqomat qilayotgan oila 5 sotix issiqxonadan yiliga 25-30 million so‘m daromad qilmoqda. Xonadonda chorva mollari va parrandalar parvarishlanishi, tokzorlar mavjudligi ortidan ham anchagina daromad keladi.Oltinsoy tumani Jobu mahallasida yashovchi Husniddin Rustamov ham tomorqasidan unumli ...
Farg‘ona viloyati va Koreyaning Yongin shahri o‘rtasida ayollar tadbirkorligi sohasida hamkorlik o‘rnatildi.Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning yirik shaharlaridan biri – Yongin shahri merining o‘rinbosari Xvan Djun Ki boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yongin shahri meriyasi rasmiylari, Yongin shahar Kengashi raisi Yun Von Gyun va kengash a’zolari, Yongin sanoat va tijorat palatasi ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2023 yil yanvar-fevral oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 8,9 milliard AQSH dollariga yetdi va 2022 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 176,4 million AQSH dollariga yoki 2 foizga ko‘paydi.Tashqi savdo aylanmasi – muayyan davr uchun mamlakat eksporti va importi qiymatining miqdori hisoblanadi. Tovarlarning tashqi ...
O‘lkamizga bahor fasli kirib kelishi bilan dehqonlaru bog‘bonlar harakatga tushib qolishdi. Keng dalalarda, bog‘u-rog‘larda, ekin maydonlarida bahorgi yumushlar boshlab yuborildi.Yaqinda Toshkent viloyatining Parkent tumaniga yo‘limiz tushib, keng maydonlardan o‘tganimizda, adirliklar uzra yastanib yotgan uzumzorlarga ko‘zimiz tushdi. Ta’miyu nomi mashhur Parkent uzumlari ana shu keng uzumzor bog‘larda yetishtirilishi xayoldan o‘tar ekan, ...
Prezidentimizning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda mamlakatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga oid farmon qabul qilindi.“Insonga e’tibor ...
Hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha Namangan viloyatida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bunda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar doirasida davlat ko‘magini qo‘llash hamda Mingbuloq ...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun doirasida amalga oshirilgan ishlar, bu borada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning axboroti eshitildi.Ta’kidlanganidek, 2021 yil 15 noyabrda qabul ...
Joriy yilning 17 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ispaniya elchixonasi Savdo attashesi Xuan-Migel Markes boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan O‘zbekiston – Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.Uchrashuvda Ispaniya – O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning joriy holati va kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, joriy yil mart oyida Toshkent ...
Dasturxonimiz to‘kinligi, bozorlarimizda narx-navoning barqarorligi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda dehqon va fermerlarning mehnati, yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muhim o‘rin tutadi.Yurtimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘nalishidagi ishlar, bu yilgi rejalar xususida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ...
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2023 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Loyihada 7 ta yo‘nalishda 100 ta maqsad va 309 ta bandni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Tadbir davomida dasturga kiritilgan fan-ta’lim, reproduktiv salomatlik, ...